Koʻz shikastlanishi - koʻzning turli jismlar (tosh, qum, sement, ohak, metall, yogʻoch, shisha, koʻmir va h.k.)dan shikastlanishi. Bunda koʻz achishib ogʻriydi, koʻp yosh oqadi va bemor yorugʻlikka qaray olmaydi. Koʻzning shikastlanishi, asosan, 3 turli boʻladi: jaroxat, lat yeyish va kuyish. Koʻzni shikastlovchi jismlar katta, oʻrtacha va maydaroq, oʻtkir va oʻtmas, qattiq, suyuq va nur shaklida; ular mix, pichoq, qaychi, vilka, oʻtin, tayoq, tarasha, yoy kabi uchi oʻtkir kesuvchi narsalar boʻladi. Mayda jismlar kuchsiz urilsa, koʻzni tyoshib utmaydigan jarohatlarga olib keladi. Yot jism koʻzga qattiq tegsa, shox parda yoki koʻz oqini teshib koʻz ichiga kirishi, ayrim holdarda koʻz soqqasini tyoshib chiqib ketishi mumkin. Koʻz soqqasi ogʻir shikastlansa, oʻz shaklini yoʻqotadi. Koʻz jarohatlarida konʼyunktiva ostiga va koʻzning ichiga qon quyiladi (gifema, gemoftalm). Koʻz ichiga yot jismning kirishi va ogʻir shikastlanishlar oqibatida koʻz koʻrmay qoladi.

Oʻtmas narsalarning tegishidan koʻz lat yeyishi, uning tashqi va ichki qismlarida ogʻir oʻzgarishlar paydo boʻlishi mumkin. Koʻzning pardalari va ichiga qon quyilishi, shishishi natijasida koʻrish xiralashadi. Ular soʻrilgach, koʻrish yaxshilanadi, baʼzan esa toʻr pardaning shikastlanishi koʻrlikka olib keladi.

Koʻzning kuyishi termik, kimyoviy va termokimyoviy boʻladi. Kislota va ishqorlardan koʻrish aʼzolarining oldingi qismi, qovoq terisi, shilliq va shox pardalar kuyishi mumkin. Koʻz soqqasining ichiga kimyoviy moddalar kirishi ogʻir asoratlarga olib keladi. Ish jarayonida ultrabinafsha, inf-raqizil, rentgen va boshqa nurlar koʻzga zarar yetkazadi. Oʻt ochuvchi turli qurollardan ham koʻz jarohatlanadi.

Koʻz shikastlanganda darqol umumiy amaliyot vrachiga yoki koʻz vrachiga murojaat qilish zarur. Koʻz shikastlanishining oldini olish uchun himoya koʻzoyvagi taqish, ish joyi gigiyeva va xavfsizlik texnikasi qoidalariga mos jihozlanishi zarur.[1]

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil