Kogeziya (lot. cohaesus — yopishgan, birikkan) — bir xil jinsli qattiq yoki suyuq jismlarning molekulalararo taʼsirlashuvi natijasida yaxlit jism boʻlib birikishi. Molekulalararo masofa oshgan sari K. kuchi keskin kamayadi, u gazlarda juda kichik, qattik jismlarda yetarlicha katta. K. jismning mustahkamligini ifodalaydi. Qattiq jism parchalanganda (burgʻilanganda, maydalanganda) yoki suyuqliklar sochilganda, K.ga teskari jarayon sodir boʻladi (qarang Adgeziya).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil