KoloradoShimoliy Amerikaning Kordilyera togʻlaridagi plato, AQSHning jan.-gʻarbida. Shim.-gʻarbda Katta Havza, sharq va shim.-sharkdan Qoyali togʻlar, jan.dan Meksika yassitogʻligi bilan chegaralangan. Maydoni 300 ming km². Balandligi 1800–2500 m, eng baland joyi — 3861 m (Hamfris-Pik togʻi). Tokembriy kristall jinslaridan tuzilgan. Ustini paleozoy — paleogen davrlarining qalin choʻkindi jinslari qoplagan. Shu sababli u yerda uran-vanadiy rudalarining konlari topilgan. Daryolar, jumladan, Kolorado daryosi platoni oʻyib chuqur daralar hosil qilgan. Iqlimi subtropik kontinental, kuruq iqlim. Yiliga 200–500 mm yogʻin yogʻadi. Quruq dasht oʻsimliklari oʻsadi, nisbatan nam yerlarda oʻrmonlar uchraydi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil