Kompyuter virusi  — internet orqali suzib yuradigan, kompyuter programmalarini yoʻq qilib, ishlamay qolishiga sabab boʻladigan programma. Hozirgi kunda bu viruslarga qarshi Antiviruslar ishlab chiqarilgan. Viruslar haqida dastlabki maʼlumotlar amerikalik T. J. Raynning 1977-yilgi fantastik asarida uchraydi. Bu asarda 7000 kompyuter virusdan zararlanganligi haqida soʻz boradi. Virus ham tuzilishiga koʻra dastur, lekin zararli. Hozirda viruslar juda keng klassifikatsiya ega. Ular keng qamrovda faoliyat olib bormoqda. Masalan: Kasperskiy antivirusi 1,5 million virusni aniqlay oladi (2009-yil maʼlumoti). Dunyodagi birinchi virus dasturi 1988-yili Karnell Universiteti aspiranti Robert Moris(kichik) tomonidan Internet tarmogʻiga joylashtirilgan. Bu virus oʻz faoliyatini Unix operatsion tizimi xato-kamchiliklaridan gʻarazli maqsadlarda foydalanish bilan amalga oshirgan. Robert Moris tuzgan virus juda katta koʻlamli zarar keltirdi. Robert moris esa uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etildi, lekin uning nomi bir umrga tarixda qoldi.

Kompyuter virusi — EHM ning xavfli „dasturi“. Kompyuter egasini ogoxlantirmay va uning istagiga qarshi uning dasturiga „joylashtiriladi“ va zaryadlangan faylni navbatdagi qoʻyishda koʻpayadi. Kompyuter virusi kompyuterning risoladagi ish meʼyorini buzadi, maʼlumotlarni oʻchirib yuboradi, displey (monitor) ekranidagi tasvirni buzadi, hisoblash jarayonini sekinlashtiradi. Kompyuter virusi dasturini ishlab chiquvchilar 20-asr 80-yillari boshida AQShda paydo boʻldi, keyin dunyoning barcha mamlakatlariga tarqaldi. Kompyuter virusiga qarshi kurashish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqiladi[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil