Kongo (bakongo) — bantu guruhiga mansub xalq. Zairda (6,6 mln.kishi), Kongoda (1,23 mln.kishi), Angolada (1,3 mln.kishi), Uganda va Gabonda yashaydilar. Umumiy soni 9,2 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Kongo tilida soʻzlashadilar. Negroid irqiga mansub. Dindorlari — asosan, xristianlar, sinkretik (mushtarak) va anʼanaviy diniy eʼtiqodlar ham mavjud. Dehqonchilik, hunarmandchilik, ovchilik bilan shugʻullanadilar.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil