Konsensus (lot. consensus – yakdillik, kelishuv) – xalqaro shartnomalar tuzishda parlament yoki kengashlarda tegishli qaror qabul qilish; bunda rasman eʼtiroz bildirilmasa, ishtirokchilarning umumiy roziligi asosida rasmiy ravishda ovoz berilmaydi. Konsensus usuli, shuningdek, BMT organlarida tan olingan boʻlib, shu tashqilot doirasida oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyalar va kengashlarda qoʻllaniladi[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil