Konstantin Aleksandrovich Fedin [1892.12(24), 2. Saratov 1977.15.7, Moskva] — rus yozuvchisi va jamoat arbobi, akademik (1958), Mehnat Qahramoni (1967). "Shaharlar va yillar" (1924) romanida fuqarolar urushi davridagi ziyolilarning hayot yoʻli hikoya qilingan. "Yevropaning oʻgʻirlanishi" (1—2kitob, 1933—35) va "Arktur" sanatoriysi" (1940) romanlarida yangi jahon urushi arafasida Gʻarbiy Yevropadagi siyosiyijtimoiy muhit tanqid qilingan. Ikkinchi jahon urushi yillarida "Tuygʻular sinovi" pyesasini (1942), "Aholi yashaydigan bir necha punkt" hikoya va ocherklar toʻplami (1943)ni yozgan. Urush yillari yozgan trilogiyasi ("Dastlabki sevinchlar", 1945; "Ajoyib yoz", 1947— 49; "Gulxan", 1—2kitob, 1961—65) da 1910-yildan Ikkinchi jahon urushi oxiriga qadar boʻlgan voqealar qamrab olingan. Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Konstantin Fedin
Tavalludi 12 (24) fevral 1892[1][2]
Vafoti 15-iyul 1977[3][4][5]
Ijod qilgan tillari Rus tili[4] va Nemis tili
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR

Manbalar tahrir

  • Dastlabki sevinchlar, T., 1967; Oʻtmish bilan uchrashuv [hikoyalar], T., 1971.




  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. // (unspecified title)
  4. 4,0 4,1 (unspecified title)
  5. (unspecified title)