Kontrabas (ital. contrabasso) — skripkalar oilasiga mansub sozlarning eng kattasi (boʻyi 2 m gacha), eng past ovozli torli-kamonli musiqa cholgʻusi. 17- a. oʻrtasida italyan musiqa ustasi M.Todini ixtiro qilgan. Kvarta oraligʻida sozlanadigan 4 tori bor (Ye,— A,—D—G). K. koʻproq orkestr va ansamblda, baʼzan yakkanavoz soz sifatida qoʻllaniladi. Mashhur virtuozlar — J.Bottezini (Italiya), E.Nanni (Fransiya), S.Kusevitskiy, R.Azarxin (Rossiya) va boshqa Boshqa musiqa asboblarining eng yoʻton ovozli turlari ham K. deb ataladi (mas, tuba-K., trombon-K., balalayka-K.). Oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri uchun qayta ishlangan sozlar orasida dutor-K., gʻijjak-K.lar mavjud.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil