Kontrapunkt (lot. punctum contra punctum — nuqtaga qarshi nuqta) — 1) keng maʼnoda — polifoniyaniit aynan oʻzi, koʻp ovozli musiqa tizimining asosiy turlaridan biri, ovozlarning oʻzaro tengligiga asoslanadi; 2) tor maʼnoda — ikki va undan ortiq mustaqil va tugal kuylarning birdaniga yoki ketma-ket sadolanishi, ularning muayyan musiqiy-estetik qoidalarga binoan birikishi. K.ning oddiy va bir necha murakkab turlari mavjud. Agar boshlangʻich kuylar birikmasi bir yoxud bir necha hosila birikmalarini yuzaga kelishi uchun imkoniyat bersa — murakkab K., K. tarkibidagi kuylar oʻrin almashuvchan boʻlsa — siljuvchan K., kuylar oxiridan oldiga qarata bayon etilsa — aylanuvchan K. deb ataladi; 3) polifoniyaning ilk koʻrinishlaridan biri. Unda turli ovozlarda davomiyligi jihatidan oʻzaro teng boʻlgan tovushlar birdaniga yangrab, bir xil nota belgi (nuqta)lar bilan yoziladi (nomi shundan); 4) mazkur sohalarni amaliy-ijodiy va nazariy jihatdan oʻrganuvchi taʼlimot va oʻquv fani.

Adabiyot tahrir

  • Taneyev S, Podvijnoy kontrapunkt strogogo pisma, M., 1959; Qurbonov T., Polifoniya, T., 1991.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil