Kordova, Kurtuba — Ispaniyaning jan. qismidagi shahar, Andalusiyada, Gvadalkvivir daryosi vodiysida. Kordova provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 310 ming kishi (1998). Shahar miloddan avvalgi bunyod etilgan. 711 yildan K. arablar qoʻl ostiga oʻtgan. 756 yildan Qurtuba amirligi, 929 yildan Kurtuba xalifaligining poytaxti boʻlgan. 1236-yildan K. Kastiliya tarkibida.

K. — transport yoʻllari tuguni. Mis eritish sanoatining yirik markazi. Elektrotexnika va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, oziq-ovqat (jumladan, vinochilik, un tortish, shakarqand va boshqalar), toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Un-t, tasviriy sanʼat va arxeologiya muzeylari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan masjid (qarang Kordova katta masjidi), Madinat azZahro saroyi qoldiqlari, San-Migel va San-Lorenso cherkovlari (13-asr) va boshqa saqlangan.[1]

Taniqli shaxslari tahrir

Muhammad I (Kordova amiri)

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil