Kozim Toʻlaganov

oʻzbek davlat arbobi

Toʻlaganov Kozim Nosirovich – Toshkent shahar hokimi (1994-2001), Toshkent viloyati hokimi (2004-2005)[1].

Toʻlaganov Kozim Nosirovich
Тўлаганов Козим Носирович
Toshkent viloyati hokimi
Mansab davri
2004-yildan – 2005-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Ummat Mirzaqulov
Vorisi Mirzamashrab Kuchchiyev
Toshkent shahri hokimi
Mansab davri
1994-yildan – 2001-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulhoshim Mutalov
Oʻtkir Sultonov
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Adhambek Fozilbekov
Vorisi Rustam Shoabdurahmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-iyul 1949-yil (1949-07-10) (74 yosh)
Toshkent
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Biografiya tahrir

1949-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati – oʻzbek.

Maʼlumoti – oliy.

1971-yilda Toshkent politexnika insitutini tamomlagan.

1966—1971 yy. – Toshkent politexnika institutining talabasi.

1971—1972 yy. – Toshkent politexnika instituti qurilish fakultetinig tadqiqotchisi.

1972—1976 yy. – Toshkent qurilish boshqarmasi 159-qurilish boshqarmasining ishchisi, ustasi, prorabi, katta prorabi.

1976—1979 yy. – Toshkent qurilish boshqarmasi 159-qurilish trestining 53-qurilish boshqarmasi boshligʻi, 22-qurilish boshqarmasi boshligʻi.

1979—1983 yy. – Toshkent qurilish boshqarmasi 159-qurilish trestining boshqaruvchisi.

1983—1986 yy. – Toshkent shahar partiya qoʻmitasi qurilish va shahar xoʻjaligi boʻlimining mudiri.

1986—1988 yy. – Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.

1988—1990 yy. – „Toshshaharqurilish“ boshqarmasining boshligʻi.

1990—1991 yy. – Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining boshligʻi.

1991—1992 yy. – Oʻzbekiston qurilish vaziri.

1992—1994 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari.

1994—2001 yy. – Toshkent shahar hokimi.

2001—2004 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari – kommunal soha, transport, qurilish majmuasi rahbari.

2004—2005 yy. – Toshkent viloyati hokimi.

2007—2009 yy. – „Trest-12“ OAO – Ishlab chiqarish va texnika boʻlimi muhandisi.

2010—2016 yy. – „Trest-12“ OAJ – Ishlab chiqarish va texnika boʻlimi yetakchi muhandisi.

2016—2017 – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bosh boshqarmasi boshligʻi.

2017-yildan – Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining oʻrinbosari[2].== Manbalar ==