Kraniologiya (yun. kranion — kalla suyagi va ...logiya) — anatomiyaning bir boʻlimi; antropologiyada butun kalla suyagi hamda aloxdsa qismlarining turli shakli va oʻlchamlarini oʻrganish. Antropogenez toʻgʻrisidagi taʼlimotda odam va maymunlar evolyusiyasining turli davrlariga tavsif berishda K. maʼlumotlaridan ham foydalaniladi. M. M. Gerasimov kalla suyagi asosida odam qiyofasini tiklash usulini yaratdi va shu usul bilan bir necha tarixiy shaxslar (Amir Temur, Ivan Grozniy, Rudakiy, Shohrux, Ulugʻbek va boshqalar)ning qiyofasini — haykal-portretini tikladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil