Kseromorfizm (yun. xeros —quruq va morphe — shakl, koʻrinish) — quruklik oʻsimliklari — kserofitlarga xos morfologik va anatomik xususiyat. Barg yuzasining kichrayishi, hujayralarining maydalanishi, kichik ogʻizchalarning koʻp boʻlishi, tomirlarning zich toʻr hosil qilishi, barglarda tuklar hosil boʻlishi va boshqalar K.ga xos. K.da koʻpincha barglar yoʻqolib, ular oʻrnini fotosintezlovchi poyalar yoki tikanlar (mas, kaktusda) egallaydi. K. transpiratsiya tezligini kamaytirib, nam tanqisligida oʻsimliklarni qurib qolishdan saqlaydi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil