„Rubik kubi“ (ommadagi varianti Kubik-Rubik; dastavval „Magic Kub“ kabi nom bilan atalgan, veng.: Bűvös kocka) — mexanik boshqotirma, 1974-yili vengriyalik haykaltarosh, mason, vunderkind, arxitektora oʻqituvchisi Ernő Rubik tomonidan oʻylab topilgan.

Yigʻilmagan Rubik kubi
Yigʻilgan 2x2x2 kubi
Yigʻilgan Rubik kubi 3x3x3
Yigʻilgan 4x4x4 kubi
5x5x5 koʻrinishidagi kub
Turli xil kublar

Boshqotirma plastik kubdan iborat. Kub ust tomonidan qardaganda 54 kichik kublardan tashkil topgan yirik kubni oʻzida mujassam etadi va 3ta oʻqdan iborat boʻlib turli tomonlarga aylanadi. Har tomoni 9ta kvadratlardan iborat va olti tusli ranglardan biriga boʻyalgan, keng tarqalgan kublardan esa tomonlari odatda: qizil — zafaron (orange), oq — sariq, koʻk — yashil ranglarga boʻyaladi va yana boshqa bir-biridan farqli oʻlaroq turlari ham mavjud. Yon tomonlarining aylanishi rangli kvardratlarni qayta tartibga keltirishga yordam beradi. Oʻyinchining vazifasi kubning avvlagi holatiga yaʼni har bir tomonini 9ta bir xil rangli kvadratlarini yigʻib, yon tomonlarni aylantirish yordamida tartibga keltirishdan iborat.

Kub — oʻyinchoqlar orasida eng koʻp sotilgan boshqotirma oʻyinchoq boʻlib hisoblanadi. Dunyo boʻylab 350 mlnʼdan ortiq Rubikning kublari sotilgan, agar ularni yonma-yon terib chiqilsa, er sharini oʻrash mumkin.

Bu boshqotirmani „Rubik kubi“ deb nomlanishi dunyoning koʻp tillarida qabul qilingan. Olmon, venger, portugal, xitoy tillari esa bundan mustasno.

Tarixi tahrir

Kubikning tarixi 1970-yilda boshlangan boʻlib, oʻsha paytlarda Larri Nikols 2x2x2 boshqotirmasini oʻylab topgan edi. Ixtirochi, tez orada kanada patent olish uhcun ariza bergan va 1972-yil, 11-aprelda boshqatirma uchun 3655201 raqami ostida amerika patentini olishga ham ulgurgan. (keyinchalik 1986-yil appelyatsiya sudida, ixtiro oʻxshashligi sababli bu patent mualliflik huquqi buzulganligi uchun bekor qilingan)

Ernő Rubik, 1970-yilllar oʻrtasida Budapeshtdagi Amaliy sanʼat akademiyasida Dizayn Interera boʻlimida ishlagan. Oʻsha davrlarda Ernő oʻz talabalariga matematik nazariyalarni hech tushuntira olmadi. Va guruh talabalari bilan bir kun 27 ta yogʻochli kublarni yasadi, har birini esa 6 xil ranglarga boʻyadi, kutilmaganda ulardan yagona kubni yaratish mushkul ekanligi maʼlum boʻldi (boshqa manbalarda maʼlum boʻlishicha birinchi kub talabalarga uch oʻlchamli jismlarni tushuntirish maqsadida yasalgan). Bu bilan Rubik butun oy davomida shugʻullandi. Ammo, eng qiyini esa uni mexanizmini yaratish boʻldi.[1]. Ernő Rubik 1970-yili, 30-yanvarda oʻz ixtirosi „Sehrli kub“ uchun (HU170062) venger patentini olgan.

Birinchi Rubik kublari Budapeshtdagi oʻyinchoq doʻkonlar uchun 1977-yilda chiqarilgan.

Boshqotirma, toʻsatdan olmon kompyuterlar tadbirkori Tibor Latsi qiziqishini uygʻotdi. Matematika bilan mashgʻul boʻlgan Latsini oʻyinchoq hayratga soldi va u ertasi kuniyoq davlat savdo firmasi Konsumexga keldi. Ularga kublarni sharqda sotishni taklif etdi va oʻsha erda Rubik bilan tanishdi.

Budapeshtda 1979-yili sentabr oyidagi uchrashuvlarda, yirik amerika kompaniyasi Ideal Toy Corparation bilan AQShga million dona kub etkazib berilishi uchun kelishim tuzuildi. Muloqotlar jarayonida yana bitta muammoga dush kelindi — Kub uchun xalqaro patent olinmagan, faqatgina Vengriyada patent olingandi. Amerikaliklar esa, mualliflik huquqi rasman Amerikada roʻyxatga olingan mollar bilan sadvo qila olishar edi. 1980 yilning boshlarida "Magic kub" nomi "Rubikning kub"lariga oʻzgartirildi.

Kublarning turlari tahrir

 
10x10x10 Rubik kubi

Kublarning turli xilllari mavjud boʻlib 3x3x3 klassik kub deb nomlanadi.[2] Ular:

  • 2x2x2 Rubik kubi
  • 3x3x3 Rubik kubi
  • 4x4x4 Rubik kubi
  • 5x5x5 Rubik kubi
  • 6x6x6 Rubik kubi
  • 7x7x7 Rubik kubi
  • 9x9x9 Rubik kubi
  • 10x10x10 Rubik kubi
  • Piramida
  • Dinamit
  • Kub-12
  • Bikub
  • Skyu kub (1, markazli va markazsiz)
  • Skyu-ultimatum
  • Reks kub
  • Morfeks Kub (Master)
  • Rombik (markazli va markazsiz)
  • Xeksagon
  • Piraminks
  • Oktahedron
  • MegaMinks (markazli va markazsiz)
  • Noodatiy (2x3x3 va 4x3x3) Rubik kublari

Tez yigʻish tahrir

Kubni tez yigʻish bilan shugʻullanganlarni „spidkuber“, eng tez yigʻilgan kubni esa „spidkubing“ deyiladi.

Hozirgi kunda eng keng tarqalgan tez yigʻish Djissiki Fridrixning usulidir.[3].

Rubik Kubi Assosatsiyasi (en:World Cube Association (WCA)) tomonidan har yili kubning tez yigʻish boʻyicha rasman Jahon/Evropa chempionatlari oʻtkazilibb boriladi.

WCA qoidalari boʻyicha, kubni yigʻishdan avval maʼlum algaritm boʻyicha komyuter dasturi Cube Exploler (3x3x3 klassic kublar uchun) aralshtiriladi. Shu oʻrinda hamma qatnashuvchilarni kublari barabar aralashtirilgan boʻlishi kerak boʻladi.

Gʻolib birgina eng tez yigʻilgan natija boʻyicha emas, aksincha, 5ta urunish boʻyicha aniqladi. Shunda ham eng yaxshi va eng yomon natijalari hisobga olinmaydi, qolgan 3ta urunishda oʻrta hadi natijasi boʻyicha aniqlanadi.

Amaldagi rekordlar tahrir

Kubik Rubik yetkazib berish bo'yicha O'zbekistondagi eng yirik onlayn do'kon - www.rubik.uz (Wayback Machine saytida 2022-10-24 sanasida arxivlangan)

Bishkekdagi birinchi chempionat tahrir

2013-yili, 29-avgustda Bishkek shahrida kubni tez yigʻish boʻyicha birinchi marotaba chempionat Mandarino doʻkoni tomonidan Umumjahon Rubik Kubi assosatsiyasi yordamida tashkillashtirildi. 40qa yaqin isteʼdodli ichtirokchilar oʻz kuchlarini 3x3x3, 4x4x4, 5x5x5 kublarida sinab koʻrishdi. Va 3x3x3 kubini yigʻish boʻyicha eng namunali natijani Patrick ponse koʻrsatdi 4,69 soniya.

Manbalar tahrir

  1. Boshqotirmalar tarixi (Wayback Machine saytida 2014-12-24 sanasida arxivlangan) (rus.)
  2. Rubik Kubining turlari[sayt ishlamaydi] (rus.)
  3. Djissiki Fridrixning usuli (Wayback Machine saytida 2013-10-20 sanasida arxivlangan) (ingl.)

Havolalar tahrir