Kufiyxattotlik uslubi; qad. arab yozuvlaridan. Harflar toʻgʻri va doyra chiziklar asosida yoziladi. 7-asrda Yaʼrab ibn Qahton tomonidan (taxminan Kufa shahrida) ixtiro qilingan, 7—10-asrlarda keng qoʻllanilgan. K.da 22 ta harf boʻlib, abjad tartibida joylashtirilgan. Unli tovushlar turli ranglardagi belgilar bilan ifodalangan. Diakritik belgilar ixtiro qilingach (8-asr), harflar soni 28 taga yetkazilgan. K.ning eng qad. namunalaridan biri Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasida saqlavayotgan, teriga yozilgan Usmon Qurʼonidir. Qoʻlyozma kitob yozishda asta-sekin K. oʻrnini vasx xati egalladi. K.dan, asosan, meʼmorlik (mas, Samarqanddagi Amir Temur, Qozizoda Rumiy maqbaralari kitobalari), amaliy bezak sanʼati, tangalarda, qoʻlyozma kitob sarlavhalari va kitobalarni yozishda foydalanilgan.

Abdumajid Madraimov.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil