Kulon (Xalqaro nomi C) — Xalqaro birliklar tizimi SIda elektr zaryad va elektr induksiya birligi. Kl (C) bilan belgilanadi. 1) 1Kl — tok kuchi 1A boʻlganda oʻtkazgichning koʻndalang kesimidan 1 s ichida oʻtayotgan elektr zaryad miqdoriga teng. Sh. O. Kulon sharafiga qoʻyilgan. 1Kl~3109SGSE birligi = 0,1 SGSM birligi; 2) 1Kl ga teng erkin zaryad joylashgan berk konturdan oʻtayotgan elektr induksiya oqimiga teng. 1Kl=4l-3109 SGSE birligi =0,4te SGSM birligi.[1]

Kulon
C, Kl
Kattalik Elektr zaryad, Elektr induksiya
Tizim SI
Turi hosila
Kulon Vikiomborda

Ta'rifiga ko‘ra, 1 kulon - 1 soniya vaqt ichida o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan o‘tadigan 1A tok kuchiga ega elektr miqdori (elektr zaryadi) deyiladi. Maktab o‘quv darsliklaridagi soddaroq ta'rifiga ko‘ra esa, 1 kulon zaryad miqdori bu - tok kuchi 1 A ga teng bo‘lgan elektr tokining, o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi orqali 1 soniya ichida otgan zaryadi miqdoriga tengdir.

Formula orqali ifodalansa, 1 Kl = 1A·1s bo‘ladi.

Fundamental tabiiy kattaliklarga nisbatan olsak, 1 kulon elektr zaryadi taxminan 6,24151·1018 ta elektronlarning zaryadiga teng. Elementar elektr zaryadi esa, ya'ni, elektr zaryadi kvanti, boshqacha aytganda, eng minimal elektr zaryadi porsiyasi 1,602176 6208(98)·10−19 Kl ga teng.

Elektr zaryadi miqdori uchun kulon birligini qo‘llash taklifini ilk bora 1881-yili Parijda o‘tkazilgan Elektriklarning I-Butunjahon kongressida taklif qilingan edi. Taklifga ko‘ra elektr zaryadi miqdori fizik kattaligi o‘lchov birligi, mashhur fransuz harbiy muhandisi va fizigi Sharl de Ogyusten Kulon (1736-1806) sharafiga, uning familiyasi bilan nomlangan. Kulon birligining zamonaviy ta'rifini 1949-yilda o‘lchov va Tarozilar Xalqaro Qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan. Xalqaro birliklar tizimi - SI ga esa, o‘lchov va Tarozilar Bosh Konferensiyasining 1960-yilda o‘tkazilgan XI-konferensiyasidagi qarorlari orqali, SI tizimining o‘zi bilan birgalikda qabul qilingan.

Bir mol elementar zarralarning elektr zaryadi miqdori (Avogadro soniga ko‘ra, 6,022·1023) - elektr zaryadining faradey miqdori deb ham yuritiladi va u Faradey doimiysi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu nuqtai nazardan bir faradey 96485,3399 kulonga teng bo‘ladi. Avogadro soni nuqtai nazaridan esa, 1 Kl zaryad 1,036·N10−5 elementar zarralarga teng bo‘ladi.

Elektr zaryadining SI dan tashqari, tizimlashmagan birliklarda ham ifodalanadigan holatlari bo‘lib, masalan, ko‘pincha, amper-soat birligi ham qo‘llaniladi. Bunda, tok kuchi 1A bo‘lgan elektr tokining o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi bo‘ylab bir soat davomida oqishida o‘tgan elektr zaryadi miqdori nazarda tutiladi. 1 amper-soat (A·soat) elektr zaryadi 3600 kulonga teng.

SGS tizimida elektr zaryadi miqdori uchun franklin, Fr (shuningdek, sinonim sifatida statkulon) birligi qo‘llanilgan. Ushbu birlikka nisbatan, bir franklin zaryad (1Fr) taxminan 3,3356·10−10 , yoki, (2 997 924 580)−1 kulonga teng bo‘ladi (taxminan 1/3 nanonkulon).

Oddiy buyumlar va materiallarning o‘zaro ishqalanishidan yuzaga keladigan statik elektr zaryadlarining miqdori odatda bir necha mikrokulon bo‘ladi xolos.

o‘rtacha chaqmoq chaqqandagi zaryad miqdori 15 Kl atrofida bo‘ladi, lekin, kuchli chaqnashlar paytida 350 Kl gacha zaryad paydo bo‘lishi mumkin.

Oddiy ishqorli batareykalar orqali (masalan AA turidagilari) to‘liq quvvatlanishdan, umuman quvvatsizlanib qolgunicha taxminan 5 kKl (5000 Kl) zaryad beradi. Batareyka yorlig‘idagi 1400 mA·h (mA·soat) belgisi aynan shuni ifodalaydi.

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil