Kumush galogenidlar - bir valentli kumushning galogenlar bilan hosil qilgan birikmalari; AgF2 va Ag2F birikmalari ham maʼlum. K.g. (AgF dan tashqari) suvda yomon eriydi.

Kumush ftorid, AgF — odatdagi sharoitda och-sariq rangli amorf gigroskopik modda. Suyuqlanish temperaturasi 435°, zichligi 5,852 g/sm3. Suvda va ammiakda yaxshi eriydi. Yorugʻlik nuriga chidamli, ultrabinafsha nurlar taʼsirida Ag2F ga aylanadi. Shishaga xona temperaturasidayoq taʼsir etadi; oson parchalanishi sababli organik birikmalarni ftorlash reaksiyalarida qoʻllanadi. Kumush oksid yoki kumush karbonatga ftorid kislota yoxud kumushga ftor taʼsir ettirib olinadi. Ichimlik suvni dezinfeksiyalashda ishlatiladi.

Kumush xlorid, AgCl — oqkristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 457,5°, qaynash temperaturasi 143G, zichligi 5,56 g/sm3. Suvda eruvchanligi 0,00155 g/l. Juda plastik, mexanik xossalari metallarnikiga yaqin, undan oʻta yupqa vafis plastinkalar tayyorlash mumkin. Yorugʻlik nuri taʼsirida qorayadi va parchalanib kumush ajratib chiqaradi. Kumush galogenidlar, odatda, kumush nitrat eritmasidan choʻktirish yoʻli bilan hamda kumushga yuqori temperaturada xlor yoki oksidlovchilar ishtirokida xlorid kislota eritmasini taʼsir ettirib olinadi. Tibbiyotda, fotomateriallar ishlab chiqarishda, radar ekranlari va infraqizil spektroskoplar linzalari tayyorlashda ishlatiladi.

Kumush bromid, AgBr — sariq kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 430°, 700°da ajraladi, zichligi 5,8—6 g/sm3. Nitrat kislota, spirt, vatriy sulfit va tiosulfitlarda yaxshi eriydi. Suvda eruvchanligi 3,510~4 g/l. Kumush nitrat eritmasiga NaBr yoki NVg taʼsir ettirib, hosil boʻlgan choʻkmani alohida eritib, qayta kristallash va suvda choʻktirish usuli bilan olinadi. Fotomateriallar ishlab chiqarishda, Grinyar reaktivi yordamida olefinlar sintezida katalizator sifatida qoʻllanadi.

Kumush yodid, Agl — och sariq kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 555°, zichligi 6 g/sm3. Spirtda va tiosulfatda yaxshi eriydi. Suvda eruvchanligi 3,410 5 g/l. Kumush galogenidlar kumush nitrat eritmasiga Nal yoki HI 100°da kumushga yod bugini taʼsir ettirish yoʻli bilan olinadi. Fotomateriallar ishlab chiqarishda, galvanik usulda kumush yugurtirishda kumush sianid oʻrnida ishlatiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil