Kursk magnit anomaliyasi -Rossiyadagi eng yirik magnit anomaliyasi. Umumiy maydoni 120 ming km² ga yaqin. Ikki asosiy magnit anomaliyasidan tashqil topgan; oʻz. kariyb 600 km, eni 150–250 km, asosan, RFning Kursk, Belgorod, Oryol viloyatlarida joylashgan. Kursk magnit anomaliyasia.ni ilk bor rus olimi P. B. Inoxodsev aniqlagan (1783). 1919-yildan Kursk magnit anomaliyasia.da muntazam geologik va geofizik tekshirishlar olib borildi. 1923-yil Shchigri shahri yonida 167 m chuqurlikda burgʻi kovagi kovlanib, temir ruda qatlami ochildi.

Kursk magnit anomaliyasia. hududi geologik jihatdan tokembriy tor jinslaridan iborat. Ularning orasida magnetit-temirli-kvarsit qatlamlari bor. Proterozoy davri slanetslari izoklival bukilma hosil etgan. Vaqt oʻtishi bilan Kursk magnit anomaliyasia.dagi temirli kvarsitlar shiddatli nurab, gematit-martitli temir rudalarining boʻsh qoplamini hosil qilgan. Undagi temirning miqdori 50% dan ortiq. Bu qoplamlar siderit bilan sementlashib, zich sideritmartitli ruda turini vujudga keltirgan. Ularda 53—57% temir, 3,6—13% qumtuproq, 0,15—0,49% oltingugurt, 0,03% fosfor bor.

Belgorod yaqinida temir rudasi 500 m chuqurlikda. Bu rudalar yuqori sifatli boʻlib, temirning oʻrtacha miqdori 61,5%, qumtuproq 5%, fosfor 0,09% va oltingugurt 0,99%. Kursk magnit anomaliyasia. rudalarining umumiy balans zahirasi 55 mlrd. t ni tashqil etadi. Ular tarkibida magnetit, martit, siderit, shamozit, kalsit bor. Konlardagi ruda ochiq va yer osti usulda qazib chiqarilmoqda. Ru-dalarga "KMA ruda" kombinatida ishlov beriladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil