Kusko — Peruning janubiy qismidagi shahar, Puva yassitogʻligida, 3400 m balandlikda. Kusko departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 291 ming kishi (2000). Temir yoʻl stansiyasi. Kusko rayonining savdo markazi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Kusko kechua indeyslarining muhim madaniy markazi. Milliy universitet (1692), Musiqa maktabi, Vafis sanʼat maktabi, kutubxona, muzeylar, jumladan, Milliy universitetning Arxeologiya instituti va muzeyi bor. Qadimgi inklar davlatining poytaxti (XII-XIII asrlarda asos solingan) boʻlgan. Saroy va soborlar, monastirlar, cherkovlarning qoldiqlari saqlangan. Turizm markazi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil