Kuydirgi

Tarixi va geografik tarqalishi Kuydirgi qadimdan ma’lum kasallikdir. Abu Ali Ibn Sino, Gippokrat, Gomer va boshqalar bu xastalikni hayvonlardan odamga yuqadigan kasallik deb ta’riflaganlar. Jumanov Anvar

Kuydirgi — odam va hayvonlarda uchraydigan oʻtkir yuqumli kasallik; zoonoz kasalliklar guruhiga kiradi. Kasallik qadimdan maʼlum. Gippokrat ham bu haqda yozib qoldirgan. K. qoʻzgʻatuvchisi — Bacillus anthracis — spora hosil qiladigan harakatsiz tayoqcha. Sporalar juda chidamli boʻlib, suvda yillab, tuproqda oʻn yillab (20—30 yil va undan ortiq) saqlanishi mumkin.

Odamga kasal hayvonlardan — hayvonni soʻyish, goʻshtini nimtalash vaqtida, shuningdek, suv, tuproq, chorva-chilik mahsulotlari orqali yuqadi. Odatda, kasallik shu soha xodimlarida, yaʼni hayvonlar bilan bevosita muloqotda boʻladigan kishilarda koʻproq kuzatiladi. Infeksiya sogʻlom odam organizmiga nafas yoʻllari, teri va ogʻiz orqali tushishi mumkin. Odamda K.ning oʻpkaga, ichakka, teriga zarar yetkazadigan va infeksiya — qonga oʻtib tarqa-ladigan septik xillari uchraydi. Kasallik alomatlari ham zararlangan aʼzolarga qarab turlicha boʻladi. K.ning teri shaklida K. qoʻzgʻatuvchisi zararlangan teri orqali kiradi. Bu shaklda yashirin (inkubatsion) davr 2—3 kun. Terining infeksiya kirgan sohasida dastlab boʻrtma (papula) paydo boʻla-di, u loyqa yoki qonli suyuqlik bilan toʻlgan pufakcha (pustoʻla)ga aylanadi. Pufakcha tez orada yorilib, qora qoʻtir boʻladi. Atrofida yangi pufakchalar hosil boʻlib, qora qoʻtir kattalashadi, uning tagida ogʻrimaydigan shish koʻzga tashlanadi. Odatda, shu jarohatni "kuy-dirgi xoʻppozi" deb ataladi. U koʻpincha yuz sohasi, bilak, boʻyin yoki oyoqda boʻladi. Bunda gavda temperaturasi koʻtarili-shi, bosh ogʻrigʻi, darmonsizlik, uyqu-sizlik va h.k. kuzatiladi. Oradan 2—3 hafta oʻtgach, bemor tuzala boshlaydi. Oʻ p k a K.sida toʻsatdan isitma koʻtarilib, yoʻtal tutadi, qonli balgʻam kela-di, bemorning koʻkrak sohasi ogʻriydi, nafas olishi qiyinlashadi. Ichak K.si ovqatdan zaharlanishga oʻxshab boshlanadi, bemor koʻngli aynib, qusa-di, qorni qattiq ogʻriydi, ichi dam boʻladi. K.ning oʻpka va ichak shakllari juda kam uchraydi. Davolash maqsadida penitsilin va K. gammaglobulini qoʻllaniladi. Profilaktika maqsadida mollar bilan muloqotda boʻladigan kasbdagilar: chorvadorlar, qassoblar, teri oshlovchilar K.ga qarshi vaksiva bilan emlanadi.

Hayvonlarda (ayniqsa, ot, qora-mol, qoʻy, echki, bugʻu) uchraydi, septitsemiya, teri osti toʻqimalari va boshqa ichki organlarga qon quyilishi va infiltrat yigʻilishi bilan kechadi. Inku-batsion davri hayvonlarda 1—3 kun. Hayvonlarga yem-xashak, iflos suv va havo, shuningdek, qon soʻruvchi hasha-rotlar, soʻva, pashsha va boshqa orqali yuqadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi tashqi muhitdan organizmga tushgandan keyin qon va limfaga oʻtib rivojlanadi va umumiy septitsemiyani chaqiradi, qonda oʻz at-rofida qobiq paydo qilib, koʻp miqdorda toksin ishlab chiqaradi. Tez rivojlanib koʻpaygan mikroblar teri osti va boshqa toʻqimalarda shishlar paydo qiladi, toksinlar esa qon tomirlarining oʻtkazuvchanligini oshirib, butun ichki organ va toʻqimalarda qon quyilishiga olib keladi, qon aylanishi sekinlashadi.

Klinik belgilari tahrir

Kasallikning yashirin davri 1 —3 kun davom etadi. Mikrobning organizmga qayerdan kirishiga qarab teri (korbunkulyoz), ichak formalari boʻladi. Kasallikni oʻtkir holatlarida hayvon bir necha soat ichida (hatto 1 soat ichida) oʻladi. Hay-vonning burun, ogʻiz teshiklaridan qon aralash koʻpik, orqa teshikdan qora rangdagi qon oqadi, harorati 41—42° ga koʻtiriladi, nafas olish va yurak urishi tezlashadi, holsizlanadi, ish-taha yoʻqoladi va koʻpincha yotadi. Kasallikning ichak turlarida oshqozon, ichak organlari faoliyati boʻziladi va oʻlgandan keyin ham orqa va boshqa tabiiy teshiklaridan qon oqadi. K. bilan kasallangan hayvonni bilmasdan soʻyganda qoni qop-qora boʻlib, ivimaydi. Bu kasallikdan gumon qilingan hayvonni soʻyish mumkin emas, chunki organizmdagi kapsula holatidagi, tez oʻldirib boʻladigan mikrob tashqi, kislorodli muhitga tushishi bilan juda chidamli spora turiga aylanadi va tuproqda 100 yilgacha saqlanib qoladi.

Tashxis epizootologik, klinik belgilarga asosan qoʻyilib, lab. tekshiruviga asosan tasdiqlanadi.

Davolash tahrir

K.ga maxsus giperimmun qon zardobi, gamma-globulin va antibiotiklardan penitsillin ishlatiladi.

Oldini olish tahrir

Kasal hayvonlar yakkalab qoʻyiladi, otxona, molxona, qoʻyxona, yem-xashak, asbob-anjomlar, shuningdek, goʻng dezinfeksiya qilinadi. Yaylovlar haydaladi. K.dan oʻlgan hayvonlar kuydiriladi yoki maxsus belgi qoʻyib yormasdan koʻmilib, ustiga xlorli ohak quyiladi. K. qayd etilgan joylarda sogʻlom hayvonlar emlanadi.