Kuyganyor — Andijon viloyatining Andijon tumanida joylashgan shaharcha (1978-yildan). Andijon tumanining maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholisi 9,2 ming kishi (2001). Aholisining asosiy qismi oʻzbeklar, aksari ruslar, tojiklar, qirgʻizlar va boshqa millat vakillaridan iborat. Viloyat markazigacha 7 km. Kuyganyor shaharchasi tumanning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. Shaharcha nomining kelib chiqishi haqida turli fikrlar bor. Katta Fargʻona kanalidan suv oladi, Qoradaryo daryosi oqib oʻtadi. Kuyganyor shaharchasida Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti joylashgan. Taʼlim muassasasi 1964-yil iyun oyida sobiq Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining Andijon filiali bazasida Andijon paxtachilik instituti nomi bilan tashkil etilgan. Oʻz vaqtida Oʻrta Osiyodagi eng ilgʻor institutlardan biri hisoblangan. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Andijon (tuman) ilmiy ishlab chiqarish markazining sugʻoriladigan yerlarda gʻalla va dukkakli oʻsimliklar yetishtirish ilmiy tadqiqot instituti (1999) joylashgan boʻlib, institutda 11 ta boʻlim (don ekinlari seleksiyasi; don ekinlari agrotexnikasi; urugʻchilik; agrokimyo; dukkakli va yem-xashak ekinlari seleksiya va agrotexnikasi; birlamchi seleksiya materiallarini yaratish va ularni baholash; oʻsimliklarni himoya qilish; oʻsimliklar fiziologiyasi, biokimyosi va sifat tahlili; mexanizatsiya; iqtisodiyot; filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish va fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish) faoliyat koʻrsatadi. Bundan tashqari, shaharchada tuman maʼmuriy organlari, shifoxonalar, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari, kasb-hunar maktablari, Kuyganyor nasos stansiyasi, Aloqa uyi, „Xotira maydoni“, Ikkinchi jahon urushi qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan yodgorlik, Yoshlar madaniyat va istirohat bogʻi va boshqa turli xil obyektlar mavjud. Avvallari Andijon shahridan Kuyganyor shaharchasiga trolleybus qatnovi mavjud boʻlgan, ayni damda 394 hamda 77 jamoat transportlari qatnab kelmoqda.

Kuyganyor
Shaharcha (tuman markazi)
40°51′40″N 72°18′40″E / 40.86111°N 72.31111°E / 40.86111; 72.31111 G OKoordinatalari: 40°51′40″N 72°18′40″E / 40.86111°N 72.31111°E / 40.86111; 72.31111 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Andijon viloyati
Tuman Andijon (tuman)
Hukumat
 • Tuman hokimi Mamatkarimov Baxtiyor Rustamovich (25.10.2022 dan buyon)
Asos solingan 1978
Aholisi
 (1989)
8 426[1]
Milliy tarkib oʻzbeklar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 74 373
Pochta indeks(lar)i 170600 -170601
Avtomobil kodi 60
Kuyganyor xaritada
Kuyganyor
Kuyganyor

Manbalar tahrir