Lagan — roʻzgʻor buyumi; quyuq ovqatlar, meva-cheva va boshqa narsalar solinadigan katta yuzasi yoyiq keng yassi idish. Sopol, chinni Lagan qadimdan tayyorlangan. Bezakli va bezaksiz qilib tayyorlanadi, sopol Lagan naqshlar bilan bezatilgandan soʻng sirlanadi. Mis Lagan (baʼzan laʼli deb ham ataladi) kandakori usulida naqshlanadi. Oʻzbekiston hududidan topilgan qad. Lagan turlari muzeylarda saqlanadi.[1]

Yana q. tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil