Lakshadvip (malayalamcha: ലക്ഷദ്വീപ്, Lakṣadvīp; inglizcha: Lakshadweep)— Hindistonning ittifokdosh hududi. Maydoni 32 km². Aholisi 60,6 ming kishi (2001). Rasmiy til — malayalam tili. Aholisining asosiy qismi islom diniga eʼtiqod qiladi. Maʼmuriy markazi — Kavaratti shahri.

Lakshadvip
malayalamcha: ലക്ഷദ്വീപ്, Lakṣadvīp
inglizcha: Lakshadweep
Ittifoqdosh hudud
Maʼmuriy markazi Kavaratti shahri
Maʼmuriyat rahbari B. V. Selvaraj
Rasmiy tili malayam
Aholi (2011) 64 429
Zichligi 2013,41 kishi./km²
Maydoni 32 km² (7-oʻrin)
Kod ISO 3166-2 IN-LD
Rasmiy sayti http://lakshadweep.nic.in/
Xaritada
Lakshadvip xaritada
Koordinatalari: 10.57°0′0″N 72.63°0′0″E / 10.57000°N 72.63000°E / 10.57000; 72.63000 G O

Geografiyasi tahrir

Ittifoqdosh hudud Arabiston dengizida Hindistonning janubi-gʻarbiy qirgʻogʻi yaqinida joylashgan 35 ta marjon oroldan iborat boʻlib, ularning 11 tasida aholi yashaydi. Balandligi 3—4 m. Eng yirik orollari —Lakkadiv, Amindiv va Minikoy. Fors qoʻltigʻi bilan Hindistonning gʻarbiy qirgʻoklari orasidagi dengiz yoʻlida muhim strategik ahamiyatga ega. Iqlimi subekvatorial, mussonli iqlim. Yiliga 1700 mm atrofida yogʻin tushadi.

Tarixi tahrir

Lakshadvip 16-asrga qadar mustaqil boʻlgan. 1787 yilda Tipu sulton davlatiga qoʻshilgan. Tipu sultonligi barham topgach, Lakshadvip Ost-Indiya kompaniyasi qoʻliga oʻtdi. 1956-yildan orollar alohida hudud deb tan olindi va oʻsha paytdan boshlab Hindiston ittifoqi hukumati tomonidan boshqarila boshlandi. 1973 yilda Lakkadiv, Minikoy va Amindiv orollari guruhi Lakshadvip orollari deb ataldi.

Iqtisodiyoti tahrir

Lakshadvip iqtisodida qishloq xoʻjaligi yetakchi oʻrinda. Aholining asosiy qismi kokos palmasi oʻstirish va baliq ovlash bilan shugʻullanadi. Sanoat korxonalaridan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar, baliq-konserva zavodlari mavjud. Elektr energiyasi orollarning oʻzida hosil qilinadi. Yoʻlovchilar va yuklarni tashish, asosan, dengiz va havo transportida amalga oshiriladi. Chetga kokos palmasi tolasi va moyi, kopra chiqariladi. Chetdan sholi va boshqa isteʼmol mollari keltiriladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil