Lan (Cervus dama) — bugʻular urugʻiga mansub juft tuyokli hayvon. Erkagi shoxining uchi kuraksimon kengaygan, eng katta shoxining ogʻirligi 5 kg cha keladi. Urgʻochisi shoxsiz. Erkagining boʻyi 130 sm cha, balandligi yagʻridan 85—90 sm, ogʻirligi 40–90 kg. Rangi yozda oq hollar aralash toʻq sariq-chipor, qishda toʻq kulrang. Iyun—iyulda 1—2 ta xoldor bola tugʻadi. Boʻgʻozlik davri 7,5—8 oy. L. shoxini may oyida tashlaydi, sentabrgacha yangisi oʻsib chikali. Vatani — Oʻrta dengiz boʻyi mamlakatlari va Kichik Osiyo, Gʻarbiy Ukrainada va Boltiqboʻyi respublikalaridagi qoʻrikxona va parklarda koʻpaytirilmoqda. L. oʻt va butalar bilan oziqlanadi. Goʻshti isteʼmol qilinadi. Hozir yovvoyi L. kamayib ketganligi sababli muhofaza qilinadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil