KONTE (Conte) Lansana (1930, Dubreka viloyatining Mussayya qishlogʻi) — Gvineya Respublikasi davlat arbobi. General. Kot-d’ Ivuar, Senegal, Gvineya, Fransiya harbiy oʻquv yurtlarida oʻqigan. 1955—58 yillarda Fransiya armiyasida, 1959-yildan Gvineya armiyasida xizmat qilgan. 1975-yildan quruklikdagi qoʻshinlar shtabi boshligʻi. 1984-yil 3-apreldagi davlat toʻntarishidan keyin Milliy tiklanish harbiy komitet raisi, 5-apreldan Gvineya Respublikasi prezidenta. 1984-yil dekabrdan ayni vaqtda Gvineya hukumati boshligʻi va qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil