Legion (lot.) — Qad. Rim armiyasidagi asosiy tashkiliy va taktik birlik (4,5—10 ming kishi); manipula va turmalardan, miloddan avvalgi 1-asr oʻrtasidan esa kogortalardan tashkil topgan. 16—19-asrlarda Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiyada turli harbiy qismlar "L." deb yuritilgan (mas, Sezar legioni; temir legionlar va boshqalar). Ikkinchi jahon urushi davrida Germa-niyada harbiy asirlardan turli xalqlarning L.lari tashkil qilindi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil