LEJANDR (Legendre) Adriyen Mari (1752.18.9 - Parij - 1833.10.1) -fransuz matematigi, Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1783). Geodezik oʻlchashlar nazariyasini ishlab chiqqan, eng kichik kvadratlar usulini ochgan, elliptik integrallar va variatsion hisob bilan shugʻullangan. Lejandr koʻphadlari va Lejandr almashtirishi deb ataladigan tushunchalarni kiritgan. L. elliptik integrallarning qatʼiy qoidaga aylanishini isbotlagan, ularning qatorlarga ajralishini topgan va qiymatlari jadvallarini tuzgan. Variatsion hisobda ekstremumning mavjudligini aniklagan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil