Leonhard Euler (talaffuzi: Leonard Eyler; 15-aprel 1707-yil — 18-sentyabr 1783-yil) — shveysariyalik matematik, mexanik va fizik olim, Peterburg Fanlar akademiyasi aʼzosi. Berlin Fanlar akademiyasi prezidenti (1759-yildan). 1720—24-yillarda Bazel (Shveysariya) universitetida oʻqib, matematikadan I. Bernulli maʼruzalarini tinglagan. Peterburg Fanlar akademiyasi da ishlab, Fanlar akademiyasi bilan ilmiy alo qalarni uzmay Berlin Fanlar akademiyasida ishlagan. Asosiy ilmiy ishlari oʻsha davr matematikasining barcha sohalariga, mexanika, elastiklik nazariyasi, matematik fizika, optika, muzika nazariyasi, mashinalar nazariyasi, ballistika, dengiz fani va boshqalarga oid. Eulerning osmon mexanikasi, tutash muhitlar mexanikasi va optikadagi kashfiyotlari salmoqli oʻrin egallaydi. Euler variatsion hisob, sonlar nazariyasi, analitik va maxsus funksiyalar nazariyasi, differensial tenglamalar nazariyasi va sirtlar nazariyasi kabi sohalarga asos solgan. U kiritgan „Euler burchaklari“ mexanikada muhim oʻrin tutadi. Qator ilmiy ishlari analitik geometriya, qatorlar nazariyasi va topologiyaga oid (qarang Eyler formulalari).

Leonhard Euler
Tavalludi 4-aprel 1707-yil
Vafoti 18-sentyabr 1783-yil(1783-09-18)
(76 yoshda)
Fuqaroligi Old Swiss Confederacy, Rossiya Imperiyasi va Prussiya qirolligi

Manbalar tahrir