Lepton kuchli oʻzaro taʼsirda qatnashmaydigan yarim spinli elementar zarrachadir. Leptonlar fermionlar oilasiga kiradi. Leptonlarning uch xili bor: elektron, muon va tau lepton.

Leptonlar (yun. leptos — yengil, kuchsiz) — oʻzaro kuchli taʼsirlashmaydigan elementar zarralar; ular faqat kuchsiz, elektromagnit va gravitatsi-on oʻzaro taʼsirlarda ishtirok etadi. Barcha L. 1/2 spiniga ega, yaʼni ular fermionlar hisoblanib, Fermi — Dirak statistikasita boʻysunadi. 1975-yilgacha massasi protonning 0,12 massasidan kichik boʻlgan, L.gina: — elektron, myuon, elektron va myuon neytrino, shuningdek, ularning antizarralari maʼlum boʻlgan. Elektron modda tarkibiga kiruvchi yagona barkaror lepton hisoblanadi. Pozitron moddadagi elektron bilan qoʻshilib, juda qisqa vaqtda annigilyasiyalanadi, yaʼni fotonlar (ikkita yoki uchta)ga aylanadi. Tabiatda neytrino va antineytrinolar yadrolarning R-yemirilish jarayonlarida va elementar zarralarning yemirilishidan hosil boʻladi. Ularning massasi nolga yaqin. Yadro reaktorlari neytrinolarning manbai hisoblanadi. Yangi maʼlumotlar protondan ogʻirroq L.ning mavjudligini koʻrsatmoqda. Tarkibida L. boʻlgan elementar zarralarning bir holatdan ikkinchi holatga oʻtganda L. va antilepton sonlari orasidagi farq oʻzgarmas kattalik boʻlib qoladi.[1]

 k  m  t 
Elementar zarrachalar
Fermionlar: Kvarklar: Yuqori · quyi · Gʻalati · Mahliyo · Ost · Ust | Leptonlar: Elektron · Muon · Tau · Neytrinolar
Bozonlar: Kalibrli bozonlar: Foton · W va Z bozonlari · Gluon
Hali kuzatilmagan zarrachalar: Higgs bozoni | Graviton | Boshqa gipotetik zarrachalar

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil