Ley (rumincha: leu) — 1) Ruminiya Respublikasi pul birligi. 1867-yildan muomalaga chiqarilgan (1890-yilgacha mamlakatda fransuz franki bilan birga muomalada boʻlgan), 1890-yildan yagona milliy valyuta. 1 L.=100 ban. Xalqaro ifodasi RON. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari=33261L. (2003, mart). 2) Moldova Respublikasi pul birligi. 1993-yil 29-noyabrda muomalaga chikarilgan. 1 L.= 100 ban. Xalqaro ifodasi MOL. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari= 14,38 L. (2003, mart).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil