Leyden universiteti - Niderlandiyadagi eng kad. va yirik universitet, 1575-yil Leyden shahrida shahzoda Vilgelm I (Oranjlik) tomonidan tashkil etilgan. Ilohiyot, ququq, tibbiyot, tabiiy, ijtimoiy fanlar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 20-asrdan uning kriogen laboratoriya past temperaturali fizikaning jahon markaziga aylandi. Universitetda 17 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil