Leyli Poʻlatovna Seitova (1970-yil 23-iyulda tugʻilgan, Nukus, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, OʻzSSR, SSSR) — oʻzbek siyosatchisi, iqtisodchisi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining byudjet va iqtisodiyot masalalari boʻyicha deputati. Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi aʼzosi. Oʻzbekiston Ekologik partiyasi aʼzosi. Iqtisodiyot fanlari nomzodi. Nukus viloyati moliya boshqarmasi boshligʻi[1].

Leyli Po‘latovna Seitova
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1970-yil 23-iyun (52 yosh)
Nukus, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi O‘zbekiston Ekologik partiyasi
Taʼlim Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti
Kasbi iqtisodchi
Ilmiy unvoni Iqtisodiyot fanlari nomzodi

Biografiyasi tahrir

Seitova Leyli Po‘latovna 1970-yil 23-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida tug‘ilgan. 1992-yilda — Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Biroz vaqt o‘tgach, o‘sha yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy ishlar vazirligining bosh mutaxassisi lavozimida ish boshlagan. 1993-1994-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Milliy banki Qoraqalpog‘iston filialida yetakchi mutaxassis lavozimida ishlagan. 1994- 1998-yillarda — Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining aspiranti. 1998-1999-yillarda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida bosh mutaxassis lavozimida ishlagan. 1999-2005-yillarda — Nukus qishloq xo‘jalik kolleji direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2006-2007-yillarda — Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti „Biznesni boshqarish“ kafedrasi dotsenti. 2007-yilda —Qoraqalpog‘iston Respublikasi G‘aznachilik boshqarmasi katta inspektori, keyinroq boshlig‘i lavozimiga tayinlanib, 2015-yilgacha shu yerda ishlagan.2015-2017-yillarda —Xo‘jayli tumani G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2017-yildan beri Leyli Po‘latovna Nukus viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlaydi[2].

Manbalar tahrir

  1. „Кандидаты“ (ru). elections.uz. 2021-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-aprel.
  2. „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2021-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-aprel.