Lilian Henriette Sharlotte Bettencourt (fransuzcha talaffuzi: ​[lil.jan be.tɑ̃.kuːʁ]; qizlik familiyasi Schueller; 1922-yil 21-oktyabr – 2017-yil 21-sentyabr) – fransuz tadbirkori, aristokrat va ishbilarmon ayol boʻlgan. L’Oréalning asosiy aksiyadorlaridan biri edi. Oʻlimi vaqtida 44,3 milliard dollarlik boyligi bilan dunyodagi eng boy ayollar roʻyxatida 14-oʻrinni egallagan[3][4][5][6][7][8][9].

Liliane Bettencourt
Tavalludi
Liliane Henriette Charlotte Schueller[1]

21-oktyabr 1922-yil
Vafoti 21-sentyabr 2017-yil(2017-09-21)
(94 yoshda)
Neli-sur-Sen, Fransiya
Fuqaroligi Fransiya
Kasbi L'Oréal egalaridan biri
Turmush oʻrtogʻi
André Bettencourt
(turm. 1950; vaf. 2007)
Bolalari Françoise Bettencourt Meyers
Otasi Eugène Schueller[2]
Onasi Louise Madeleine Berthe Schueller

Biografiyasi tahrir

1922-yil 21-oktabrda Parijda dunyoning eng yirik kosmetika va goʻzallik kompaniyalaridan biri boʻlgan L’Oréal asoschisi Luiza Madlen Berte va Eugene Schuellerning oilasida tugʻilgan[10]. Lilian besh yoshga toʻlganda, onasi vafot etdi[11]. 15 yoshida u otasining kompaniyasida ishlay boshladi. Kosmetika va shampun idishlarini etiketkaladi[12][13].

1950-yilda fransuz siyosatchisi Andre Bettankurga turmushga chiqdi. U 1960-1970-yillarda Fransiya hukumatida vazir boʻlib ishlagan. Andre Bettankur 1930-yillarda tashkil topgan La Kagule fashistlar guruhi aʼzosi boʻlgan. Urushdan soʻng, La Kagulening boshqa aʼzolari singari, siyosiy jihatdan noqulay oʻtmishiga qaramay, L’Oréaldan lavozim oldi[14]. Ular 1951-yilda Fransiyaning Neuilly-sur-Seine shahridagi Delabordère koʻchasida qurilgan Art Moderne saroyiga yashashdi[15]. Ularning 1953-yilda tugʻilgan Fransuaza ismli bir qizi bor[16].

1957-yilda otasi vafot etganida Bettencourt L’Oréal boyligini meros qilib oldi va asosiy aksiyadorga aylandi. 1963-yilda kompaniya birjaga chiqdi. Bettencourt koʻpchilik aksiyalarga egalik qilishda davom etdi. 1974-yilda kompaniya Fransiyadagi saylovlardan keyin milliylashtiriladi deb qoʻrqib, oʻz ulushlarining deyarli yarmini Nestlé SA ning 3% ulushiga almashtirdi[17].

2012-yil dekabr holatiga koʻra, Bettencourt L’Oréalning 185661879 (30,5%) aksiyalariga egalik qilgan, ulardan 76441389 (12,56%) aksiyalari ishonchli tarzda oʻtkazilgan. 178381021 tasi (29,78%) Nestlé kompaniyasiga tegishli boʻlgan. 229933941 ta (37,76%) aksiyalar ochiq, qolganlari esa gʻaznachilik yoki kompaniya jamgʻarma rejasida saqlangan. Bettencourt oilasi va Nestlé aktsiyadorlar kelishuviga binoan birgalikda harakat qilishdi[18]. Bettankur 2012-yil 13-fevralda boshqaruv direktori lavozimini tugatdi va uning nabirasi Jan-Viktor boshqaruv direktori etib tayinlandi[19]. Betankurning qizi va kuyovi ham direktorlar kengashi aʼzolaridir[20].

Betankur ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini chetlab oʻtgan. 2007-yildan boshlab Fransua-Mari Banier bilan munosabatlari, qizi Fransuaza bilan munosabati va konservativ fransuz siyosatchilari, jumladan Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini moliyalashtirgani kabi jiddiy shov-shuvlarga duch keldi[21]. 2012-yil avgust oyida oʻzining shaxsiy oroli – D’Arros orolini 60 million funt sterlingga Shveytsariyaning „Save our Seas“ (Dengizlarimizni asrang) jamgʻarmasiga aloqador Seyshel orollarida roʻyxatdan oʻtgan tabiatni muhofaza qilish shirkatiga sotdi[22].

Bettenkur 2017-yil 21-sentyabrda vafot etdi[23]. Dafn marosimi Neuilly-sur-Seine tumanidagi Église Saint-Pierre shahrida boʻlib oʻtdi.

Manbalar tahrir

  1. ; Karen Arriaza IbarraTreinta inmensas fortunas y cómo se hicieron (es). Madrid: Ecobook, 2008 — 46 bet. ISBN 978-8496877047. OCLC 230234417. 
  2. (unspecified title)
  3. „Liliane Bettencourt & family“. Forbes. Qaraldi: 2017-yil 21-sentyabr.
  4. #17 Liliane Bettencourt (Wayback Machine saytida 2015-01-10 sanasida arxivlangan), Forbes, 10-mart 2010-yil. Accessed 26-iyun 2010-yil
  5. The bitter family battle for the LʼOréal billion (Wayback Machine saytida 2011-02-08 sanasida arxivlangan), London Evening Standard, 20-Jul 2009-yil. Accessed 27-Jun 2010-yil.
  6. Factbox – LʼOreal heiress Liliane Bettencourt (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan), Reuters, 7-Jul 2010-yil. Accessed 7-Jul 2010-yil.
  7. LʼOreal marks 100th birthday[sayt ishlamaydi], Montreal Gazzette. Accessed 8-Jul 2010-yil
  8. Obituary: André Bettencourt, en:The Daily Telegraph, 22-Nov 2007-yil. Accessed 7-Jul 2010-yil
  9. Villa Bettencourt: Less is More when itʼs only the Best, Emily Evans Eerdmans blog. Accessed 8-Jul 2010-yil
  10. Betts, Paul. „Liliane Bettencourt, L'Oréal heiress, 1922-2017“. Financial Times (2017-yil 21-sentyabr). 2022-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-avgust.
  11. The bitter family battle for the L’Oréal billion Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh., Evening Standard (London), 20 July 2009.
  12. Factbox – L’Oreal heiress Liliane Bettencourt (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan), Reuters, 7 July 2010.
  13. L’Oreal marks 100th birthday[sayt ishlamaydi], Montreal Gazette.
  14. Obituary: André Bettencourt, The Daily Telegraph, 22 November 2007; retrieved 7 July 2010.
  15. Villa Bettencourt: Less is More when itʼs only the Best, Emily Evans Eerdmans blog.
  16. McFadden. „Liliane Bettencourt, L'Oréal Heiress Vexed by Swindling Case, Is Dead at 94“. The New York Times (2017-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 21-sentyabr.
  17. History of L’Oréal, The Daily Telegraph, 20 February 2006; retrieved 29 June 2010.
  18. 2012 L’Oréal Registration Document, p. 225, 34 & 41.
  19. „L'Oréal Finance : Board of Directors“. www.loreal-finance.com. Qaraldi: 2017-yil 21-sentyabr.
  20. 2012 L’Oréal Registration Document, p. 34 & 41.
  21. France: Because sheʼs worth it, Financial Times, 25 June 2010; retrieved 25 June 2010.
  22. „L'Oreal heiress Liliane Bettencourt sells island paradise for £-60m“. The Daily Telegraph. Qaraldi: 2012-yil 13-sentyabr.
  23. „L'Oreal heiress Liliane Bettencourt dies at 94“. BBC.com (2017-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 21-sentyabr.

Havolalar tahrir