LilongveMalavi poytaxti. Markaziy provinsiyaning maʼmuriy markazi. 1100 m balandlikda joylashgan. Aholisi 440,4 min kishi (1998). Iklimi ekvatorial, mussonli iqlim. Yillik oʻrtacha temperatura 20°, yiliga 2500 mm gacha yogʻin yogʻadi. Lilongve — Malavini Mozambik va Zambiya bilan bogʻlovchi asosiy temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Tamaki ekiladigan rayon markazi. Tamaki, makkajoʻxori va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar, kiyim-kechak fabikalari, tamaki auksioni bor. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Shaharga 1902-yilda ingliz mustam-lakachilari tayanch punkti sifatida asos solingan. 1964-yilda mamlakat poytaxtini Zombadan Lilongvega koʻchirish haqida qaror qabul qilindi. 1975-yildan Lilongve — rasmiy poytaxt. Lilongveda Zomba universiteti tarkibidagi qishloq xoʻjaligi kolleji va "Kamuzu" kolleji, Milliy kutubxona va boshqa bor. Eski shahar va yangi poytaxt qismlaridan iborat.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil