Limb (lot. limbus — hoshiya) — 1) shtrixlar bilan teng (mas, aylanani graduslar, minutlar va boshqalar) boʻlaklarga boʻlingan yassi metall halqa. L. — astronomik, geodezik, fizik va boshqa burchak oʻlchash asboblarining eng muhim qismi. Burchak oʻlchash asboblarida burchaklarni hisoblash uchun ishlatiladi; 2) Quyosh, Oy, Sayyora gardishining koʻrinadigan cheti.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil