Lira (ital. lira — funt) — 1) Italiya pul birligi. 1 L.= 100 chentizimo. Xalqaro ifodasi ITL. 1862-yilda muomalaga kiritilgan. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 2192,71 L.; Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan kurs boʻyicha 100 L. = 30 soʻm 94 tiyin (2002-yil fevral); 2) Turkiya Jumhuriyati pul birligi. 1 L.= 100 kurush. Xalqaro ifodasi TRL. 1861-yilda piastra oʻrniga muomalaga kiritilgan. Xalqaro valyutalar kursi buyicha 1 AQSH dollari= 1335000,0 L. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan kurs boʻyicha 1000 L.=0,53 tiyin (2002, fevral).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil