Lissabon zilzilasi - Portugaliyada sodir boʻlgan zilzila. 1755-yil 1-noyabr soat 940 da roʻy bergan. Portugaliya tarixidagi eng kuchli zilzila boʻlib, juda katta talafot keltirgan. Zilzila oqibatida taxminan 60 ming kishi oʻlgan, 17 ming uy, 32 monastir, 53 saroy buzilgan. Kuchli yongʻinlar chiqqan. Oʻsha davrda yer tebranishini yozib oluvchi seysmograflar boʻlmagan. Lekin, mashhur seysmologlar Gutenberg va Rixterlarning fikricha, zilzila magnitudasi 8,75—9 ga yetgan. Baʼzi seysmologlarning taʼkidlashicha, zilzila magnitudasi 8,6 dan oshmagan. Zilzila 2,5 mln. km² maydonda Lissabon shahridan 2200 km masofagacha sezilgan. Tebranish Portugaliya va Ispaniyadan tashqari Afrika shim.da, Yevropa qitʼasida esa Skandinaviya mamlakatlariga qadar yetib borgan. Suv havzalarida sunami va seyshlar (zilzila natijasida dengiz va koʻllarda yuz bergan suvning rezonans chayqalish hodisasi) kuzatilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil