Litva Respublikasi Prezidenti (litovcha: Lietuvos Respublikos Prezidentas)- Litva Respublikasi rahbari hisoblanadi. Prezident davlatni ifodalaydi. Litva Respublikasi Prezidentining vakolatlari va maqomi 1992-yil 25-oktabrda referendumda qabul qilingan Litva Konstitutsiyasining VI bobida belgilab qoʻyilgan.

Litva Respublikasi Prezidenti fuqarolari tomonidan umumiy toʻgʻridan-toʻgʻri yashirin ovoz berish yoʻli bilan besh yil muddatga saylanadi. Litvada kamida oxirgi uch yil yashagan va saylov kuni kamida qirq yoshga toʻlgan, kelib chiqishi boʻyicha Litva fuqarosi Prezident etib saylanishi mumkin.

Ishga kirishishi tahrir

Respublikaning saylangan Prezidenti Vilnyusda xalq vakillari — Seym aʼzolari hamda xalqqa qasamyod qilganidan soʻng respublikaning sobiq Prezidentining vakolat muddati tugagan kundan keyin, yangi Prezident oʻz vazifalarini bajarishga kirishishi mumkin.

Qasamyod tahrir

Men, (ism, familiya),

Xalqqa Litva Respublikasi hamda Konstitutsiyaga sodiq qolishga, qonunlarni hurmat qilishga va amalga oshirishga, Litva yerlarining yaxlitligini himoya qilishga qasamyod qilaman;

Men o'z burchimni vijdonan bajarishga, hammaga birdek adolatli bo'lishga qasamyod qilaman;

Litva mustaqilligini bor kuchim bilan mustahkamlashga, Vatanga, demokratiyaga va Litva xalqi manfaati uchun xizmat qilishga qasamyod qilaman.

Xudo menga yordam ber!

(Oxirgi ibora aytilmasligi mumkin).

Asl matn litovchadaAš, (vardas, pavardė),

prisiekiu Tautai būti ištikimas Lietuvos Respublikai ir Konstitucijai, gerbti ir vykdyti įstatymus, saugoti Lietuvos žemių vientisumą;
prisiekiu sąžiningai eiti savo pareigas ir būti visiems lygiai teisingas;
prisiekiu visomis išgalėmis stiprinti Lietuvos nepriklausomybę, tarnauti Tėvynei, demokratijai, Lietuvos žmonių gerovei.
Tepadeda man Dievas!

Vakolatlari tahrir

Prezident tashqi siyosatning yoʻnalishlarini belgilaydi hamda uni hukumat bilan birgalikda amalga oshiradi, xalqaro shartnomalarni imzolaydi va ratifikatsiya qilish uchun Seymga taqdim etadi. Hukumatning taqdimiga binoan Litva Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi diplomatik vakillarini tayinlaydi va chaqirib oladi; xorijiy davlatlarning diplomatik vakillarining ishonch yorliqlari va chaqirib olinadigan maktublarini qabul qiladi[1][2][3].

Prezident Seymning navbatdagi saylovlarini chaqiradi, Seym tomonidan qabul qilingan qonunlarni imzolaydi va eʼlon qiladi (yoki ularni Seymga qaytarib yuboradi), Bosh vazirning taklifiga binoan vazirlar hamda Seymning roziligi bilan Bosh vazirni tayinlaydi, hukumat tarkibini tasdiqlaydi, lavozimga tayinlaydi yoki lavozimidan ozod qiladi[1][2][3].

Prezident Oliy sud sudyalari lavozimiga nomzodlarni Seymga kiritadi, apellyatsiya sudi sudyalarini tayinlaydi hamda Seymning roziligi bilan Litva Respublikasi Bosh prokurorini lavozimga tayin qiladi va lavozimidan ozod qiladi; Seymga Konstitutsiyaviy sudning uchta sudyasi va Davlat nazoratchisi hamda Litva banki boshqaruvi raisi nomzodlarini taqdim etadi; Seymning roziligi bilan qoʻshinlar qoʻmondoni va xavfsizlik xizmati boshligʻini tayinlash, lavozimidan ozod qilish huquqiga ega hisoblanadi[1][2][3].

Davlat suvereniteti yoki hududiy yaxlitligiga tahdid soladigan qurolli hujum sodir etiladigan holatlarda, Prezident qurolli tajovuzdan himoya qilish, harbiy holat va safarbarlik joriy etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish vakolatiga ega. Soʻngra ushbu qarorlarni Oliy Majlis palatalari majlisiga tasdiqlash uchun kiritadi. Prezident ushbu qarorni Seym majlisida tasdiqlash uchun taqdim etgan holda favqulodda holat eʼlon qilishi mumkin[1][2].

Prezident mahkumlarni afv etadi, Litva Respublikasi fuqaroligini beradi, davlat mukofotlari, oliy harbiy unvonlar va oliy diplomatik unvonlar bilan mukofotlaydi[1][2][3].

Tarixi tahrir

 
Urush yillarida Litva Prezident saroyi, Kaunas

Litva Kengashi (Lietuvos Taryba) 1918-yil oxirida Davlat Kengashiga aylantirildi va 1918-yil 4-aprelda Prezident lavozimini taʼsis etdi va Antanas Smetonani Litva Respublikasining birinchi Prezidenti etib tayinladi. 1922-yilgi va undan keyingi konstitutsiyada Prezident lavozimi ham nazarda tutilgan edi. Ammo u umumiy saylov huquqi bilan emas, balki Seym tomonidan saylanishi lozimligi belgilangan.

Yashash joyi tahrir

 
Prezident qarorgohi

Prezident qarorgohi (Prezidentlik) Eski shaharda, Vilnyusning tarixiy markazida, Vilnyus universiteti yonida, sobiq Yepiskop saroyi, keyinchalik general-gubernator saroyi binosi yaqinida joylashgan. Birinchi Vilna Yepiskopining qarorgohi bu joyda XVI asrda bunyod etilgan. U bir necha bor qayta qurilgan va tamirdan chiqgan. Saroyni egallagan soʻnggi Vilna yepiskopi Ignatius Masalskiy davrida saroy ansamblining bir qismini rekonstruksiya qilish meʼmor Laurinas Gutsevichiusga topshirilgan va shu meʼmor tomonidan amalga oshirilgan.


1824-1832-yillarda saroy Sankt-Peterburglik meʼmor V.P.Stasov (1769-1848) loyihasi boʻyicha imperiya uslubida qayta qurilgan va hozirgi koʻrinishga kelgan. XX asr boshlarigacha u Vilna general-gubernatorlarining qarorgohi boʻlib xizmat qilgan. 1898-yilda saroy oldida M. N. Muravyov haykali qoʻyildi (1915-yilda evakuatsiya qilindi), 1906-yildan M. N. Muravyova muzeyi boʻlib xizmat qildi.

Urushlararo yigirma yil mobaynida — Respublikaning vakillik saroyida, Jozef Piłsudski turgan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng — Ofitserlar uyi, 1960-yillarning ikkinchi yarmidan esa — Rassomlar saroyi boʻlib xizmat koʻrsatdi. 1995-yilda Rassomlar saroyi shahar hokimiyati binosiga koʻchirildi. Saroy taʼmirlash hamda tiklash ishlaridan keyin Prezident qarorgohiga aylantirildi.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Президент Гитанас Науседа“ (ru). www.lrp.lt. 2020-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-noyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Президент Гитанас Науседа“ (ru). www.lrp.lt. 2019-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-noyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Правовые акты Функции Президента“ (ru). www.lrp.lt. 2019-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-dekabr.

Havolalar tahrir