Lizosoma (grekcha: λύσις [lisis] - eritish, σώμα [soma] - tana) — hujayra organoidi, hujayra ichida oziq hazm boʻlishini taʼminlaydi. Zamburugʻlar va hayvonlar hujayrasida boʻladi. Shakli pufakchaga oʻxshash, bir membranali, diametri 0,2—0,8 mkm. Membranasi va matriksida 20 dan ortiq gidrolitik fermentlar (fosfataza, nukleazalar, katepsin, kollagenaza, glyukuronidaza, glyukozidaza va boshqalar) bor. Fermentlari kuchsiz kislotali muhitda faol. Hujayrada oʻnlab Lizosoma bor. Golji apparatida hosil boʻladi. Dastlab fermentlari passiv boʻlib, bir-lamchi Lizosoma endotsitoz pufakchalar (fagosomalar) bilan qoʻshilgach, ularning fermentlari faollashadi va yutilgan oziq moddalar hazm boʻla boshlaydi, yaʼni ikkilamchi Lizosoma — hazm vakuollari shakllanadi. Lizosoma-hujayraning oʻzini hazm qiladigan boʻlsa (avtoliz) avtofagirlovchi vakuollar (avtofagosomalar, sitolizosomalar) deyiladi. Lizosoma yaxlit hujayra yoki hujayra oraligʻi moddalarini chiqarib tashlash (itbaliqlar dumining soʻrilib ketishi, togʻay oʻrnida suyak hosil boʻlishi, yalligʻlangan joydagi toʻqimalarning yemirilishi)da ham ishtirok etishi mumkin. Ikkilamchi Lizosomalarda oziq moddalarning chala parchalanib, qoldiq moddalarning toʻplanib borishi hujayraning qariganligini koʻrsatadi. Oʻsimlik hujayrasida Lizosomalar topilmagan.[1]

Hayvon hujayrasi

Eukaryotik hujayra organellalari:
  1. Yadrocha
  2. Hujayra yadrosi
  3. Ribosoma
  4. Vesicle
  5. Endoplazmatik toʻr
  6. Golji kompleksi
  7. Cytoskeleton
  8. Smooth endoplasmic reticulum
  9. Mitoxondriya
  10. Vakuolalar
  11. Cytosol (organellalarni o'z ichiga olgan suyuqlik; sitoplazmani o'z ichiga oladi)
  12. Lizosoma
  13. Centrosome
  14. Plazmatik membrana

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil