Loyxoʻraklar (Gallinago) — balchiqchisimonlar turkumiga mansub qushlar urugʻi. 12 turi bor. Juda uzun tumshugʻining uchki qismidagi sezgir tanachalari ozigʻini topishga yordam beradi. Patlari tanasining orqa qismida sariq-qoʻngʻir, koʻkragi va qornida oqish. Yer yuzining hamma qismida tarqalgan. Oʻzbekistonda 5 turi: oddiy loyxoʻrak, Osiyo loyxoʻ-ragi, dupel, togʻ va oʻrmon dupellari uchraydi. Uyasini zax joyga quradi, 4 ta tuxum qoʻyadi. L. har xil mayda umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Goʻshti mazali. Ovlanadi.[1]

Ayrim oʻzbekcha dialektlarda yomgʻir chuvalchanglari loyxoʻrak deb ataladi.

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil