"LUNA" — Oyni tadqiq qilish boʻyicha sobiq Ittifoq dasturi nomi, shuningdek, 1959-yildan boshlab sobiq Ittifoqdan Oyga uchirilgan sayyoralararo avtomatik stansiyalarning nomi. Luna (dastur) ishlarini bajarish uchun "L."ga Yerdan turib boshqariladigan telemetrik, fototelevizion, radiotexnik apparatlar oʻrnatilgan. Uchirilgan "L."larning soni 20 dan ortiq boʻlib, bajaradigan vazifalari turlicha belgilangan. Maye, "L.-1" (1959-yil 2.1.) Oy yaqinidan oʻtib, Quyoshning birinchi sunʼiy yoʻldoshi boʻlib qoldi. "L.-2" (1959-yil 14.9.) Oy sirtiga ilk bor tu-shirildi; "L.-Z" (1959-yil 7.10.) Oy atrofidan uchib oʻtib, uning Yerdan koʻrinmaydigan qismini tarixda birinchi marta fotosuratga tushirdi, 1963—65 yillarda uchirilgan "L.-4", "L.-8" avtomatik st-yalar oldiga Oyni yaxshiroq oʻrganish va uning sirtiga ohista qoʻnish masalalarini yechish qoʻyilgan edi. "L.-9" (1966-yil 3.2.) jahonda birinchi marta Oy sirtiga ohista qoʻndirildi va u Oy sirtidagi manzarani Yerga yetkazdi; "L.-13" ham (1966-yil 21.12.) ana shunday vazifani bajar-di; "L.-10", "L.-11", "L.-12", "L.14" va "L.-15" (1966-1969-yil) Oyning sunʼiy yoʻldoshi orbitasiga chiqarildi; "L.-16" (1970-yil); "L.-20" (1972-yil) va "L.-24" (1976-yil) Oyga qoʻndirildi va Yerga Oy tuprogʻi keltirildi. "L.-17" (1970-yil) yordamida "Lunoxod-1" Oyga qoʻndirildi; "L.-18" va "L.-19" (1971-yil) yordamida Oy orbitasining evolyusiyasi oʻrganildi "L.-20" Oyning oltinchi sunʼiy yoʻldoshi boʻlib qoldi; "L.-21" (1973-yil) yordamida "Lunoxod-2" Oyga qoʻndirildi. Bunday avtomatik stansiyalar yordamida olib borilgan tadqiqotlar natijasida Oy atmosferasining nihoyatda siyrakligi va uning tarkibi oʻrganildi. Oy sirti va ichining tuzilishi, gravitatsion hamda magnitizm maydonlari, seysmik ahvol va boshqa qator tabiiy shart-sharoitlar chuqur tekshirildi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil