Lutfulla Nazrullayev (1903-yil 15-iyul, Buxoro — 1962-yil 27-dekabr, Toshkent) — teatr aktyori. Oʻzbekiston xalq artisti (1945).

Lutfulla Nazrullayev
Janr satira

Biografiyasi tahrir

Moskva oʻzbek drama studiyasida oʻqigan (1924—1927). Dastlab Buxoro teatrida ishlagan (1921 −24). 1927-yildan Hamza teatrida ishlagan. Xolmat („Boy ila xizmatchi“), Husayn Boyqaro („Alisher Navoiy“), Dadavoy („Navbahor“), Rahimjon („Shohi soʻzana“), Poloniy („Gamlet“), Yegor („Yegor Bulichyov va boshqalar“), Estevan („Qoʻzibuloq qishlogi“), Gornostayev („Lyubov Yarovaya“) kabi rang-barang va toʻlaqonli sahnaviy obrazlar yaratib, oʻzbek aktyorlik maktabining shakllanishiga munosib hissa qoʻshdi. Nazrullayev oʻzbek teatrida birinchi boʻlib, Husayn Boyqaro siymosini butun murakkabligi bilan gavdalantirgan. „Alisher Navoiy“ filmida esa Usta Jaloliddin obrazini yaratdi. Qanday rol uynamasin, Nazrullayev ovozi, yuz ifodalari, tana harakatlaridan unumli foydalanib, Uz qahramonlarining avvalambor insoniy mohiyatini, feʼlatvorini, kayfiyatini ifoda qilishga intilgan. U, ayniqsa, kulgili va hajviy obrazlar ustasi boʻlgan[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar tahrir