Maʼmuriy-hududiy tuzilish

qonun bilan boshqariladigan geosiyosiy hudud

Maʼmuriy-hududiy tuzilishunitar davlat hududi yoki federativ davlat subʼyektlari hududining maʼlum qismlar (viloyatlar, guberniyalar, departamentlar va shahri k.)ga boʻlinishi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi ana shu boʻlinishga muvofiq tuziladi va ish olib boradi. Bunday boʻlinish idora etishning kulay, davlat organlariga aholikg.ng yaqin boʻlishini, ishlab chiqarishni samarali tashkil qilishni nazarda tutib amalga oshiriladi. U, odatda, mazkur davlatning tabiiytarixiy, milliy va ijtimoiyiqtisodiy xususiyatlarini aks ettiradi. M.-h. t. ikki boʻgʻinli (AQSH), uch boʻgʻinli (Buyuk Britaniya, Fransiya), toʻrt boʻgʻinli (GFR) boʻlishi mumkin. Juda kichik davlatlarda (Malta, Bahrayn) umuman M.-h. t. yoʻq.

Oʻzbekiston Respublikasi hududi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tuman, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat. Shaharlar respublika miqyosidagi shahar (Toshkent shahri), viloyat tarkibidagi shaharlar, tuman tarkibidagi shaharlarga boʻlinadi. Tumanlar viloyat tarkibidagi tumanlarga va shahar tarkibidagi tumanlarga boʻlinadi (yana qarang Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriyhududiy tuzilishi).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil