Maʼmuriy binolar - davlat muassasalari va jamoat tashkilotlari uchun moʻljallab qurilgan binolar. Maʼmuriy binolar xonalari asosiy (xizmatlar xonasi, boʻlinmalari, qabulxona, muzokara va majlislar zali), xizmat koʻrsatuvchi va yordamchi xonalar (vestibyul, garderob, kutubxona, arxiv, oshxona, sanuzel xonalari, zinapoya, liftlar va boshqalar) guruhlarga boʻlinadi. Yirik shaharlarda Maʼmuriy binolar individual loyiha boʻyicha quriladi. Ular shahar qiyofasini oʻzgartirishga, meʼmoriy ansambllarni tashkil etishga xizmat qiladi. Masalan, Toshkentdagi Mustaqillik maydoni, Alisher Navoiy xiyoboni, Amir Temur xiyobonidagi Maʼmuriy binolar va boshqa Oxirgi oʻn yillikda maʼmuriy binolar majmuasini bank muassasalari, biznes markazlar, mehmonxonalar turkumidan iborat imoratlardan shakllantirish keng rusm boʻlmoqda[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil