Magistral (lot. magistalis — rahbarlik qiluvchi, bosh, asosiy) — 1) asosiy yoʻnalish, yoʻllardagi asosiy liniya (temir yoʻl magistrali, suv magistrali); 2) elektr tarmogʻi, telegraf va telefon aloqadagi asosiy kabel, sim; 3) sugʻorish tarmogʻida suv havzasi, dare, kanallardan sugʻorilgan yerlarga suv oqadigan asosiy taqsimlash kanali; 4) kanalizatsiya, vodoprovod yoki gaz tarmogʻidagi asosiy quvur; 5) katta shaharlardagi serqatnov keng koʻcha.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil