Mahallada duv-duv gap“ (ruscha: Об этом говорит вся махалля) — 1960-yil yaratilgan oq-qora kinotasmaga olingan oʻzbek kinokomediya. Filmga Yuriy Stepchuk rejissorlik, Shuhrat Abbosov prodyuserlik qilgan.[1] „Mahallada duv-duv gap“ eng sara oʻzbek filmlaridan biri,[2][3] SSSR xalq artisi Abbosov esa oʻzbek kinosining asoschilaridan biri hisoblanadi.[4][5]

Mahallada duv-duv gap

Filmdan skrinshot (rus tilida)
Rejissyor(lar) Y. Stepchuk
Prodyuser(lar) Shuhrat Abbosov
Ssenariynavis(lar) O. Razamzonov va B. Rest; Abdulla Qahhor oʻzbekchaga oʻgirgan
Rollarda
Bastakor(lar) Manas Leviyev
Muharrir(lar) I. Gordon
Studiya(lar) Oʻzbekfilm
Davomiyligi 80 minut
Mamlakatlar Oʻzbek SSR, SSSR
Tillar Oʻzbek, rus

Mazmuni tahrir

Filmda Toshkent shahrining eski qismidagi mahallalardan biridagi zamonaviy turar-joy binolari qanday qurilayotgani haqida hikoya qilinadi. Film qahramonlari quruvchilarning oilalari: qizi Sayyora bilan ishlayotgan gʻisht teruvchi, oʻgʻli Azimjon Moskvada oʻqishini tugatayotgan Mehrixon aya hamda omborxona mudiri Arslon va uning kranchi oʻgʻli Umarjon haqida hikoya qiladi.

Oʻqishni tamomlab, Sayyora yaqinlaridan yashirincha zavodga kiradi. Qoʻshnilar uning taqdiriga aralashishga harakat qil. Mehrixon oʻz oʻgʻli Azimjonga, Oyposhsha esa oʻz oʻgʻli Umarjonga olib bermoqchi. Azimjon allaqachon Moskvada uylangani, Arslonning oʻgʻli Umar esa u bilan qurilishda birga ishlaydigan Umidani sevib qolgani ma’lum boʻaldi. Yoshlar Umarga ota-onasining qarshiligini yengib, Umida bilan turmush qurishiga yordam beradi. Baxtli oilalar mahalladan yangi qurilgan uyga koʻchib oʻtadi.

Rollarda tahrir

Aktyor Rol
Xolida Isxakova Sayyora konserva zavodi ishchisi va konservatoriya talabasi Sayyora
Roza Rizamuhamedova Umida konserva zavodi ishchisi Umida
Raisa Madrahimova Aziza arxitektor Aziza
Hamza Umarov Umarjon qurilish kranchisi Umarjon
Toʻlqin Tojiyev Mahmud qurilish ustasi Mahmud
Azim Aliyev Azimjon injener Azimjon
Lutfi Sarimsoqova Mehriniso Sayyoraning onasi Mehriniso
Maryam Yoqubova Oyposhsha Umarning onasi Oyposhsha
Ikroma Boltayeva Xalima Umidaning onasi Xalima
Razzoq Hamroyev usta Sharif Umidaning otasi usta Sharif
Rahim Pirmuhamedov Arslon Umarning otasi Arslon
Saʼdixon Tabibullayev folbin folbin

Ssenariy tahrir

Film uchun ssenariy boshida rus tilida yozilgan. Ammo Shuhrat Abbosov filmni oʻzbek tilida olishni istagan. Tasvirga olish boshlanishidan bir kun avval Abbosov mashhur oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qahhordan ssenariyni oʻzbek tiliga tarjima qilib berishini iltimos qilgan. Abdulla Qahhor oʻsha paytda shifoxonada davolanayotgan boʻlgan. U ssenariyni shifoxona qarshisidagi oʻtirgʻichda oʻtirib ikki soatda tarjima qilgan. Abdulla Qahhor filmning oxirida tarjimon sifatida aytib oʻtilgan.[6]

Manbalar tahrir

  1. „The Whole Mahalla is Talking about It“ (ruscha). Kinopoisk. Qaraldi: 24-fevral 2012-yil.
  2. „We Should Create Characters Based on Our National Traditions“ (oʻzbekcha) (19-yanvar 2011-yil). Qaraldi: 24-fevral 2012-yil.
  3. Hamroyev, Jasur „The Beneficial Work of Cinema.uz“ (oʻzbekcha). Shov-Shuv (17-yanvar 2012-yil). 30-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-fevral 2012-yil.
  4. Iskandar, Abdulla. „Shuhrat Abbosov is 80“ (oʻzbekcha) (27-yanvar 2011-yil). Qaraldi: 24-fevral 2012-yil.
  5. „BBC's Guest - Shuhrat Abbosov“ (oʻzbekcha) (11-may 2009-yil). Qaraldi: 24-fevral 2012-yil.
  6. https://www.kino-teatr.ru/kino/movie/sov/4594/titr/

Havolalar tahrir

Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 9-avgust, 2022-yil(2022-08-09) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.