Abbos Mahmud (Mehmet Abbasovic) (28-yanvar 1935-yil, Falastinning Safad shahrida tugʻilgan) — Falastin davlat arbobi. Damashq universitetini tugatgan. Dastlab Qatar Davlatining maʼmuriy tizimida xizmat qilgan. Siyosiy faoliyatini Qatardagi falastinliklar guruhlarini tashkil etish va birlashtirishdan boshlagan. Abbos Mahmud Falastin Ozodlik tashkiloti (FOT) asoschilaridan biri, uning markaziy qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan. 1980-yildan FOTning milliy va xalqaro aloqalar departamenti rahbari. 1988-yildan FOT Ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, 1996-yildan qoʻmitaning bosh kotibi, 1996-yil yanvarda Falastin milliy kengashi (parlament)ga saylovlar oʻtkazish boʻyicha markaziy saylov komissiyasi rahbari, 2003-yil Falastin bosh vaziri, 2004-yildan FOT Bosh kotibi hamda mazkur tashkilot doirasidagi FATH (Falastin Ozodlik harakati) rahbari, 2005-yil yanvardan Falastin Muxtoriyati raisi, FOT Ijroiya qoʻmitasi raisi[1]

Mahmud Abbos
Tavalludi 28-yanvar 1935-yil (1935-01-28) (89 yosh)
Fuqaroligi Falastin

Manbalar tahrir

Andoza:FOT raislari