Mahmud Sulton (oʻzbekcha: Mahmud Bahodir sulton) — oʻzbek Shayboniylar sulolasi vakili. Oʻzbek harbiy rahbari va siyosatchisi. Buxoro, Toxariston, Qunduz, Bagʻlon, Badaxshon hokimi lavozimlarida ishlagan. Shoh Budogʻ Sultonning oʻgʻli, koʻchmanchi oʻzbeklar davlati asoschisi Abulxayrxonning (1427 — 1469) nabirasi, oʻzbek Shayboniylar sulolasi asoschisi Shayboniyxonning (1500 — 1510) ukasi[1].

Mahmud sulton
oʻzbekcha: Mahmud Bahodir sulton
 Sulton Buxoro viloyati
Mansab davri
1500-yil 29-may  – 1504-yil
Monarx Shayboniyxon
Vorisi Ubaydullaxon
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1454-yil
Oʻzbek xonligida
Vafoti 1504-yil
Qunduz
Buxoro xonligi
Bolalari Ubaydullaxon
Ota-onasi Shoh Budag Sulton
Dini Islom, sunniy
Dafn etilgan joyi Samarqand

Biografiyasi tahrir

Oʻzbek ulusi hukmdori Abulxayirxonning oʻn bir oʻgʻli boʻlib, ulardan biri Mahmud sultonning otasi Shoh Budogʻ. Otasining erta vafotidan keyin Mahmud sulton akasi Shayboniyxon bilan birga ularning bobosi Abulxayrxon bilan birga yashaydi. Mahmud sulton uch yoshida qalmoqlar xoni qo‘liga o‘tadi va yetti yil davomida uning qo‘lida asir bo‘ladi. Abulxayrxon o‘zbek xonligini uzoq vaqt hokimiyat va qatʼiyat bilan boshqardi. Oʻlimidan soʻng Yodgorxon bir yilga yaqin davlat hukmdori boʻldi, ammo uning vafotidan keyin hokimiyat tepasiga Shayx Haydar keldi. Shayx Haydarga qarshi qoʻshni va qaram davlatlar, noʻgʻaylar, Sibir, Qozoq xoni, Buyuk Oʻrda xoni Axmatning kuchli koalitsiyasi tuzildi[2].

Harbiy va siyosiy faoliyati tahrir

Mahmud sulton ukasi Shayboniyxonning barcha janglarida faol qatnashadi. XV-asr oxirida u Dashti qipchoq qozoq xonlari Burunduqxon va Qosimxonga qarshi kurashgan. 1500 — 1504-yillarda Shayboniyxonning Movarounnahrga yurishlarida qatnashgan. 1501-yilda Buxoro viloyatiga hokim etib tayinlanadi va shu yili Qorakoʻlda Shayboniylarga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻolonini bostiradi. 1502-yil yanvar-fevral oylarida Mahmud sulton Jonibek Sulton bilan birgalikda Istaravshan, Xoʻjand shaharlari chekkasi va Chirchiq daryosi boʻyidagi hududlarga sayohat qildi. Shayboniylarning Xorazmga yurishi davrida qoʻshinlarga bosh qoʻmondon etib tayinlangan. 1504-yilda Shayboniylar Toxariston, Qunduz, Bagʻlon va Badaxshonni Xusravshohdan tortib olgach, bu yerlar Mahmud sultonga boshqargan[3].

Madaniy siyosati tahrir

Mahmud saroyida „Fathnoma“ muallifi Shodiy, „Shayboniynoma“ muallifi Muhammad Solih, „Tarixi Rashidiy“ muallifi Muhammad Haydar va boshqalar kabi taniqli shoir va tarixchilar o‘z ijodiy faoliyatini olib borganlar[4].

Oilasi tahrir

Mahmud sultonning xotinlaridan biri Qozoq xoni Burunduqxonning qizi edi. Burunduqxon Shayboniyxon oilasi bilan yaqinroq oilaviy munosabatlar oʻrnatadi. Unga, oʻgʻliga va jiyaniga uchta qizini berdi. Bu voqea 1495-yilda sodir boʻlgan deb ishoniladi.

Mahmud sultonning oʻgʻli — Ubaydullaxon 1533-yilda Buxoro xonligining xoni etib saylandi. Ubaydullaxon (1533 — 1540) hokimiyat tepasiga kelganidan soʻng davlat poytaxti Samarqanddan Buxoroga koʻchirildi va XVI asrning ikkinchi choragidan boshlab davlat Buxoro xonligi deb nomlana boshladi.

Oʻlimi tahrir

Mahmud sulton 1504-yilda Qunduzda vafot etgan va Samarqandda dafn etilgan. Davlat poytaxti Samarqandda 1504-yilda Shayboniyxon katta madrasa qurishni buyurdi. Muhammad Solih Shayboniyxon akasi Mahmud sulton xotirasini abadiylashtirish maqsadida Samarqandda madrasa qurdirdi, deb yozadi. Abu Tohirxo‘janing yozishicha, madrasa Shayboniyxon nomi bilan „Muhammad Temur-Sulton o‘z otasining jasadini bu yerga dafn qilgan paytdan boshlab“ mashhur bo‘lgan.

Manbalar tahrir

  1. Vyatkin M., Ocherki po istorii Kazaxskoy SSR. T. 1. Orenburg, 1941. S. 83
  2. Mukminova R. G., K istorii agrarnix otnosheniy v Uzbekistane XVI v. Po materialam „Vakf-name“. Tashkent. Nauka. 1966
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. S. K. Ibragimov, Nekotorie dannie k istorii kazaxov XV—XVI vv. // Izvestiya AN Kazaxskoy SSR. Seriya istorii, arxeologii i etnografii. № 3. Alma-ata. 1956, c.111.

Adabiyot tahrir

  • Mirza Muhammad Xaydar, Tarix-i Rashidi. T., 1996; Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982; Materiali po istorii kazaxskix xanstv XV—XVIII vv., Alma-Ata, 1969.
  • S. K. Ibragimov, Nekotorie dannie k istorii kazaxov XV—XVI vv. // Izvestiya AN Kazaxskoy SSR. Seriya istorii, arxeologii i etnografii. № 3. Alma-ata. 1956
  • Mukminova R. G., K istorii agrarnix otnosheniy v Uzbekistane XVI v. Po materialam „Vakf-name“. Tashkent. Nauka. 1966
  • Oleg Mixaylovich Lugovoy. Praviteli Vostoka: spravochnoe izdanie, Tom 4. SPD „A. S. Fridman“, 2007
  • Istoriya Kazaxstana i Tsentralnoy Azii. Bіlіm, 2001 — Vsego stranits: 611