Maltoza (ing . malt — solod), solod qandi — tabiiy disaharid; glyukozanit ikki qoldigʻidan iborat. Undirilgan arpa, javdar va boshqa donlarda koʻp. Pomidorda, bir qancha oʻsimliklarning changi va gul shirasida ham topilgan. Suvda yaxshi eriydi, taʼmi shirin. Hayvon va oʻsimliklar organizmida kraxmal va glikogenning ferment taʼsirida parchalanishidan hosil boʻladi. a-glyukozidaza yoki maltaza fermenti taʼsirida Maltoza glkjozaning ikki qoldigʻigacha parchalanadi. Bu ferment odam va hayvonning hazm shirasida, undirilgan don, mogʻor zamburugʻlari, achitqilarda boʻladi. Odam ichagining shilliq pardasida maltaza boʻlmasa, kishi Maltozani koʻtara olmaslikdek ogʻir irsiy kasallikka yoʻliqadi. Bunda bemorga Maltoza, kraxmal va glikogensiz yoki maltaza fermenti qoʻshilgan ovqat beriladi.[1]

Yana q. tahrir

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil