Mamay (? - 1380) - Oltin Oʻrda xoni Berdibek davri (1357—61) moʻgʻullar tumanboshisi. Xonning kuyovi boʻlgan. M. amalda Oltin Oʻrdaning hukmdoriga aylangan. U Chingizxon avlodidan boʻlmasada, hokimiyatni qoʻgʻirchoq xonlar nomidan olib borgan. Saltanatning qudratini tiklash maqsadida rus yerlariga bir qancha harbiy yurishlar qilgan. M. 14-asr oʻrtalarida Oltin Oʻrda hududining atrofidagi rus yerlarini oʻziga boʻysundirgan. Moskva ulugʻ knyazligining kuchayishiga toʻsqinlik qilish maqsadida uning raqiblari — Litva, Tver knyazliklarini qoʻllabquvvatlagan. Ryazan (1373 va 1378) va Nijniy Novgorod (1378) knyazliklariga ogʻir talafot yetkazgan. Moskva knyazligi hududiga bostirib kirishga uringanda uning qoʻshini Voja daryosi boʻyida magʻlubiyatga uchragan (1378), 1380-yil Kulikovo jangida M. tormor keltirilgan. Oltin Oʻrdada Amir Temurnint noibi Toʻxtamshitssh magʻlubiyatga uchragach, hokimiyatni unga topshirishga majbur boʻlgan. M. oʻzining xazinasi hamda bir guruh tarafdorlari bilan Kafa (hozirgi Feodosiya)ga qochgan va oʻsha yerda oʻldirilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil